04.05.2024

Tibbiyot24.uz

Tibbiyot Sayti

Yo’g’on ichak va uning qismlari haqida

Yoʻgʻon ichak — odam va umurtqali hayvonlar ichagining bir qismi; oʻng yonbosh sohasida bevosita ingichka ichakdan keyin boshlanib orqa chiqaruv teshigi (anus) bilan tugaydi. Evolyusiya jarayonida umurtqali hayvonlar yoʻgʻon ichagining shakli oʻzgargan: tuban umurtqalilar, reptiliylar va qushlarda Yoʻgʻon ichak qisqa, u bilan ingichka ichak oʻrtasida aniq chegara yoʻq. Togʻayli va ikki xil nafas oluvchi baliqlar, quruqda va suvda yashovchilar, sudralib yuruvchilar Yoʻgʻon ichak kloakaga tutashadi. Koʻpchilik sut emizuvchilar, xususan, odamda Yoʻgʻon ichak koʻrichak (appendiks oʻsimtasi bilan), chambar ichak (koʻtariluvchi, koʻndalang , tushuvchi va sigmasimon qismlari bilan) va toʻgʻri ichakdan iborat. Odam yoʻgʻon ichagining uz. 1,5–2 m boʻlsa, diametri ingichka ichakka nisbatan ikki hissa katta. Uning devori esa shilliq, shilliq osti qavati, muskul va seroz pardadan iborat. Shilliq pardada koʻndalang joylashgan burmalar boʻlib, unda shilliq ishlovchi mayda bezlar va limfoid toʻqimalar mavjud. Uzunasiga yoʻnalgan muskul tolalari lentasimon tarqalganidan ichakdagi moddalar sekin (16—18 soat) yoʻnaladi. Yoʻgʻon ichakning koʻtariluvchi qismida ovqat qoldigʻining bir qismi va suv shimiladi. Ovqat tarkibidagi kletchatka Yoʻgʻon ichakda par-chalanib, uning maʼlum bir qismi shimiladi. Axlat, asosan, Yoʻgʻon ichakda shakllanib toʻgʻri ichakda yigʻiladi va ixtiyoriy boʻshalish roʻy beradi. Yoʻgʻon ichak kasalliklaridan appenditsit, kolit, proktit va b. kuzatiladi.

Энг сифатли қора седана ёғи капсуласи

🔹Кўпчиликнинг қийнайдиган гипертонияни олдини олишда;

🔹Қандли диабетга қарши курашишда;

🔹Ревматизм ва бўғим касалликларининг олдини олишда;

🔹Жигар ва буйрак муаммолардан халос этишда;

🔹Турли бактерия, вирус, шамоллаш ва гриппнинг олдини олишда;

🔹 Aллергия, инсон организмида яшаб, соғлом ривожланишга йўл қўймайдиган паразитлардан халос бўлишда;

🔹Иммунитетингизни бақувват қилиб, чарчоқ, ҳолсизлик, уйқусизлик ва ҳазим қилиш тизимини яхшилашда яқиндан кўмаклашади.

Боғланиш ва тўлиқ маълумот

Тел : +998 99 842 88 86

Телеграм : @al_hadaya_2

Расмий саҳифа : www.alhadaya.uz

32300cookie-checkYo’g’on ichak va uning qismlari haqida