02.05.2024

Tibbiyot24.uz

Tibbiyot Sayti

Agammaglobulinemiya (Bruton kasalligi, irsiy gipoglobulonemiya)

Agammaglobulinemiyabu irsiy kasallik bo’lib, qondagi gammaglobulinlar darajasining keskin pasayishi va oqibatda birlamchi immunitet tanqisligi (immun tizimini og’ir nuqsoni) rivojlanishi bilan xarakterlanadi. Kasallik odatda bola hayotining birinchi oy va yillarida, takroriy bakterial infektsiyalar rivojlanishi bilan o’zini namoyon qiladi. Otit, sinusit, pnevmoniya, pyoderma, meningit, sepsis kabilar shular jumlasidan. Labarotor tekshiruvlarda periferik qon va suyak iligida, zardob immunoglobulinlari va B hujayralari deyarli aniqlanmaydi. Agammaglobulinemiyani davosi bu umrbod o’rin bosar terapiya hisoblanadi.

Bruton kasalligi

Umumiy ma’lumotlar

Agammaglobulinemiya (irsiy gipogammaglobulinemiya, Bruton kasalligi) – gumoral immunitetning tug’ma nuqsoni bo’lib, hujayra genomining mutatsiyasidan kelib chiqadi. Bu esa o’z navbatida B-limfotsitlar sintezining yetishmasligiga olib keladi. Natijada, barcha sinf immunoglobulinlarini shakllanishi buziladi va ularning qondagi miqdori butunlay yo’q bo’lib ketguncha keskin kamayadi, birlamchi immunitet tanqisligi rivojlanadi. Immunitet tizimining past reaktivligi LOR a’zolari, bronx va o’pka, oshqozon-ichak trakti va meninkslarning takroriy yiringli-yallig’lanishli og’ir kasalliklarining rivojlanishiga olib keladi. Bruton kasalligi faqat o’g’il bolalarda uchraydi va irq yoki millatidan qat’i nazar, yangi tug’ilgan chaqaloqlarning milliontasidan 1-5 tasida aniqlanishi mumkin.

Kasallik paydo bo’lish sabablari

Irsiy agammaglobulinemiyaning X-bog’langan shakli X xromosomasidagi (Xq21.3-22.2 da joylashgan) genlardan birining shikastlanishi natijasida yuzaga keladi. Bu gen B-hujayralarining shakllanishi va differentsiyalanishida ishtirok etuvchi tirozinkinaza fermentining sintezi uchun javobgardir. Bu gen mutatsiyalari va Bruton tirozinkinazasining sintezini bloklanishi natijasida gumoral immunitetning shakllanishi izdan chiqib ketadi. Agammaglobulinemiyada suyak iligida qon hujayralarini yosh shakllar (pre-B hujayralar) mavjud bo’lsada, ularning keyingi differtsiyalanishi va qon oqimiga tushishi buzilgan bo’ladi.

Shunday qilib, immunoglobulinlarning barcha sinflari deyarli ishlab chiqarilmaydi va patogen bakteriyalar kirib kelishidan bolaning tanasi himoyasiz bo’lib qoladi (ko’pincha bu streptokokklar, stafilokokklar va ko’k yiring tayoqchalari). Shunga o’xshash buzilish mexanizlari irsiy agammoglobulinemiyaning boshqa shakli bo’lgan X-bog’langan xromosoma va o’sish gormoni yetishmasligida ham qayd etiladi. Autosomal retsessiv shakl bir necha genlarning mutatsiyalari natijasida rivojlanadi (µ-og’ir zanjirlar, gen λ5 / 14.1, adapter oqsilining geni va IgA signal molekulasining geni).

Klassifikatsiya

Irsiy agammaglobulinemiyaning uchta shakli mavjud:

  • X xromosoma bilan bog’liq (Barcha tug’ma gipogammaglobulinemiya holatlaridan 85% tog’ri keladi, faqat o’g’il bolalar kasallanadi)
  • autosoma-retsessiv sporadik shveytsariya turi (o’g’il va qizlarda uchraydi)
  • X xromosoma va o’sish gormoni yetishmasligi bilan bog’liq agammaglobulinemiya (juda kamdan-kam hollarda va faqat o’g’il bolalarda)

Agammaglobulinemiya simptomlari

Agammaglobulinemiyada gumoral immunitetning reaktivligi pasayishi, bola hayotining birinchi yilidayoq takror va takror yiringli-yallig’lanish kasalliklarning rivojlanishiga olib keladi (Ko’pincha, emizishni to’xtatgandan so’ng – 6-8 oyligida). Bolaning bu yoshida onasidan himoya antitanalari o’tishi to’xtaydi (emizishdan chiqarilishi sababli) va ustiga immun tanqisligi uchun o’z immunoglobulinlari ham ishlab chiqarilmaydi. Bolanini 3-4 yoshiga kelib yallig’lanish jarayonlari surunkali ko’rinishga o’tib ketadi. Yiringli jarayonlar butun tanaga tarqalishi – generalizatsiyasiyaga moyillik paydo bo’ladi. Agammaglobulinemiyada yiringli infektsiyalar turli organlar va tizimlarni shikastlashi mumkin.

LOR a’zolari tomonidan yiringli sinusit, etmoidit, otitlar tez-tez uchraydi. Ayniqsa yiringli otitlar ko’pincha bola hayotining birinchi yilida, sinusitlar esa 3-5 yoshida rivojlanadi. Bronxopulmonar tizim kasalliklaridan takroriy bronxitlar, pnevmoniya va o’pka abstsessi kuzatiladi. Ko’pincha surunkali yuqumli enterokolit (asosiy patogenlar – kampilobakter, lambliya, rotavirus) sabab bo’lgan doimiy diareya bilan oshqozon-ichak trakti zararlanishi kuzatiladi. Terida impetigo, mikrobial ekzema, qaytalanuvchi furunkuloz, abstsess va flegmonalar paydo bo’lishi mumkin.

Ko’pincha ko’zning shikastlanishi (yiringli kon’yunktivit), og’iz bo’shlig’i (yarali stomatit, gingivit), tayanch-harakat tizimi (osteomielit, yiringli artrit) kuzatiladi. Umuman olganda, agammaglobulinemiyaning klinik ko’rinishi yiringli infektsiya (umumiy tana harorati, sovuqlik, mushaklarning og’rig’i va bosh og’rig’i, umumiy zaiflik, uyqu va ishtahaning buzilishi va boshqalar) bilan kuzatiladigan umumiy simptomlarning kombinatsiyasi bilan tavsiflanadi. Hamda umumiy simptomlarga aniq bir organni shikastlanish (yo’tal, nafas qisilishi, burundan nafas olishda qiyinchilik, yiringli oqindi, diareya va boshqalar) qo’shiladi.

Kasallik asoratlari

Immunitet tanqisligi bo’lgan bemorda har qanday yuqumli va somatik kasallik qiyin, uzoq va asoratlari bilan kechadi. Agammoglobulinemiyaning og’ir kechishi menengit, virusli ensefalomiyelit, emlashdan keyingi paralitik poliomielit va sepsis rivojlanishi bilan murakkablashishi mumkin. Kasallik fonida autoimmun va onkologik kasalliklarning rivojlanish ehtimoli oshadi. Bemorlarning o’limi ko’pincha yuqumli toksik shokdan kelib chiqadi.

Diagnostika

Allergolog-immunolog tomonidan bemorni klinik ko’rikdan o’tkazishda u yoki bu organning (to’qimaning) yiringli yallig’lanishli shikastlanish belgilari va immunitet tizimining reaktivligi pasayganligini tasdiqlovchi alomatlar aniqlanadi. Bularga bodomsimon bez gipoplaziyasi, periferik kamayishi limfa tugunlari kichrayishi kiradi. Bolaning jismoniy rivojlanishidan ortda qolishi ham kuzatiladi.

Laboratoriya qon tekshiruvi immunogrammada (IgA va IgM) immunoglobulinlar darajasining keskin pasayishini ko’rsatadi.

Irsiy agammaglobulinemiyaning differentsial diagnostikasi boshqa birlamchi va ikkilamchi immunitet tanqisligi holatlari bilan o’tkaziladi. Bunday kasalliklar quyidagilar genetik kasalliklar, OIV va sitomegalovirus infektsiyasi, tug’ma qizilcha va toksoplazmoz, yomon sifat o’smalar va tizimli kasalliklar, dori intoksikatsiyasi natijasida immunitet tanqisligi va boshqalar.

Agammaglobulinemiyani davolash

O’zida tayyor antitana tutuvchi perparatlar bilan umrbod o’rinbosar davolash terapiyasi talab qilinadi. Odatda, tomir ichiga immunoglobulinni yuborib turiladi, va u bo’lmagan taqdirda, sog’lom muntazam donorlarning tabiiy plazmasi ishlatiladi. Agammaglobulinemiya tashxisi birinchi marta qo’yilganda, bemorda immunoglobulin IgG darajasi 400 mg / dL dan yuqori bo’lgunga qadar o’rinbosar terapiya intensiv qo’llaniladi. Shundan so’ng organlar va to’qimalarda faol yiringli-yallig’lanish jarayon kuzatilmasa, immunoglobulin saqlovchi dorilar bemorga profilaktik dozalarda berib qo’llab turuvchi terapiyaga o’tish mumkin.

Yallig’lanish jarayonining lokalizatsiyasidan qat’i nazar, bakterial yiringli infektsiya bu bemorlarda, yetarli darajda antibiotikli terapiyani talab qiladi. Bu bilan bir vaqtda o’rin bosar terapiya ham antibiotiklar bilan birga o’tkaziladi. Ko’pincha, agammaglobulinemiyada, sefalosporinlar guruhidan antibakterial vositalar, aminoglikozidlar, makrolidlar, shuningdek penitsillin antibiotiklari qo’llaniladi. Bu kasallik bilan og’rigan bemorlarda antibiotik bilan davolanash, immun tizimi normal bemorlarga qaraganda bir necha baravar uzoqroq muddat qo’llaniladi.

Simptomatik davolash ma’lum bir organning o’ziga xos shikastlanishini hisobga olgan holda amalga oshiriladi (paranasal sinuslarni antiseptiklar bilan yuvish, bronxit va pnevmoniya uchun ko’krak qafasining tebranish massaji va postural drenajni bajarish va boshqalar).

Tashxis prognozi

Agar agammaglobulinemiya erta yoshda og’ir asoratlar boshlanishidan oldin aniqlansa va bemorning ahvoliga mos keladigan o’rinbosar terapiya o’z vaqtida boshlangan bo’lsa. Bu holda bemor normal hayot tarzini ko’p yillar davomida saqlab qolish mumkin. Ammo, aksariyat hollarda, gumoral immunitetning irsiy buzilishlari tashxisi juda kech, organlar va tana tizimlarining qaytarilmas surunkali yiringli-yallig’lanish kasalliklari rivojlanganda so’ng qo’yiladi. Bunday holda, agammaglobulinemiya uchun prognoz afsuski yomon.

29250cookie-checkAgammaglobulinemiya (Bruton kasalligi, irsiy gipoglobulonemiya)