27.04.2024

Tibbiyot24.uz

Tibbiyot Sayti

Gemorol

PATSIYENT UCHUN ILOVA-VARAQA

 

Ushbu ilova-varaqani  toʻliq diqqat bilan oʻqib chiqing, chunki u patsiyent uchun muhim maʼlumot saqlaydi.Preparat retseptsiz beriladi, bu ayrim kasalliklarni shifokor ishtirokisiz davolash imkonini beradi. Lekin davolash natijalari samarali boʻlishi uchun GЕMOROL® preparatini ushbu ilova-varaqada keltirilgan koʻrsatmalar yoki ehtiyotkorlik choralariga rioya qilgan holda qoʻllash lozim.

–     Ushbu ilova-varaqani, zarurat boʻlganida uni yana qayta oʻqib chiqish uchun saqlab qoʻying.

–     Agar Sizga preparat haqida qoʻshimcha maʼlumotlar kerak boʻlsa shifokorga yoki farmatsevtga murojaat qiling.

–     Agar simptomlar bartaraf etilmasa yoki kuchaysa, shifokorga murojaat qilish kerak.

 

GЕMOROL®

Suppozitoriylar

 

Taʼsir etuvchi moddalar:

Matricariae extractum spissum (3:1); ekstragent voda ochiщyennaya                       50 mg;

Belladonnae radicis extractum spissum (4:1); ekstrgent: etanol 70% v/v            20 mg;

Extractum compositum spissum (4:1) ex: Cytisi scoparii herba,

Hippocastani cortice, Tormentillae rhizomate, Millefolii herba

estragent: etanol 40% v/v                                                                                     80 mg;

Benzocainum                                                                                                            100 mg;

Yordamchi moddalar:

Glitserin (Ye422)                                                                                                    150 mg;

Kattiq yogʻ                                                                                                                 2 g gacha.

 

Oʻram 12 shamcha saqlaydi.

Ilova-varaqaning mazmuni

  1. GЕMOROL® preparati oʻzi nima va u qayeday maqsadlarda qoʻllaniladi.
  2. GЕMOROL® preparatini qoʻllashdan oldin.
  3. GЕMOROL® preparatini qanday qoʻllash kerak.
  4. Boʻlishi mumkin boʻlgan nojoʻya taʼsirlari.
  5. GЕMOROL® preparatini saqlanishi.
  6. Boshqa maʼlumotlar.
  1. GЕMOROL® preparati oʻzi nima va u qanday maqsadlarda qoʻllaniladi.

Gemorol bu gemorroy uchun xarakterli boʻlgan simptomlarni davolash uchun qoʻllanadigan rektal suppozitoriydir.

Gemorol toʻgʻri ichakning shilliq qavatini surunkali yalligʻlanishida, toʻgʻri ichakning shilliq qavatini taʼsirlanishida va yoriqlarida qoʻllaniladi.

Gemorol suppozitoriylari benzokainning ogʻriq qoldiruvchi taʼsiri tufayli ogʻriqni bartaraf etadi. Preparat shuningdek mahalliy burishtiruvchi, yalligʻlanishga qarshi va spazmolitik taʼsirga ega komponentlar saqlaydi.

Preparat, keltirilgan koʻrsatmalar boʻyicha anʼanaviy qoʻllash uchun moʻljallangan va uning samaradorligi uzoq davomida qoʻllashga va tajribaga asoslangan.

  1. GЕMOROL® preparatini qoʻllashdan oldin.

Preparatni qoʻllashdan avval kasallikni sabablarini aniqlash uchun shifokorga murojaat qilish kerak.

Katta gemorroidal tugunlarda shamchani qiritgandan keyin bosganda, sham erigunga qadar davom etadigan (taxminan 5-10 minut) ogʻriq paydo boʻlishi mumkin

GЕMOROL® preparatini bolalarda qoʻllanishi: xavfsizligi toʻgʻrisida maʼlumotlar yoʻqligi tufayli, preparatni bolalarda qoʻllash tavsiya qilinmaydi.

Homiladorlik: homiladorlik davrida ayollarda qoʻllash mumkin emas.

Emizish davri: emizikli ayollarda preparatning xavfsizligi tekshirilmagan, shuning uchun preparatni qabul qilish tavsiya qilinmaydi.

Avtotransportni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash: GЕMOROL®  avtotransportni boshqarish va harakatlanuvchi mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga taʼsir qilmaydi.

  1. GЕMOROL® preparatini qanday qoʻllash kerak

Kattalarga kechasiga 1 shamchadan rektal yuboriladi, ogʻir holatlarda kuniga 2-3 shamchadan buyuriladi.

Shamchalarni ogʻriq simptomlari yoʻqolgunicha qoʻllash mumkin, lekin 7 kundan oshmasligi kerak.

Shamchani plyonkadan chiqazib olish uchun plyonkani sham uchidan vertikal kesib va kuch bilan yirtish kerak.

GЕMOROL® preparatini tavsiya qilingandan ortiq oshadigan dozada qabul qilinganda

Preparatni tavsiya qilingandan ortiq dozada qabul qilinganida yoki koʻrsatilgan qoʻllash usuliga mos kelmagan usul bilan qabul qilinganda, shifokorga yoki farmatsevtga murojaat qilish kerak.

  1. Boʻlishi mumkin boʻlgan nojoʻya taʼsirlar

GЕMOROL®  preparatini qoʻllanganda nojoʻya taʼsirlar aniqlanmagan, lekin ular paydo boʻlganda shifokorga murojaat qilish lozim.

Qichishish yoki qizarish paydo boʻlishi mumkin. Allergik reaksiyalar yuz bersa yoki kasallik simptomlari zoʻraygan hollarida preparatni qoʻllashni toʻxtatish  va shifokorga murojaat qilish kerak.

  1. GЕMOROL® preparatini saqlash

Preparatni 25oS dan yuqori boʻlmagan haroratda saqlansin.

Bolalar ololmaydigan va ular koʻrmaydigan joyda saqlansin.

Preparatni oʻramida koʻrsatilgan yaroqlilik muddati oʻtgandan keyin qoʻllash mumkin emas.

 

14940cookie-checkGemorol