27.04.2024

Tibbiyot24.uz

Tibbiyot Sayti

Relif Advans rektal shamchalar

Relif Advans qo’lanishi bo’yicha ko’rsatmalar

RELIF® (RELIEF®)

Ilova-varaqa (pasientlar uchun)

 

Savdo nomi

Relif.

Dori shakli

Rektal surtma

Ta‘rifi

Begona moddalarsiz, o‘ziga xos kuchsiz hidli, sariq surtma.

Tarkibi

Faol ingredientlari:

2,5 mg/g fenilefrin gidroxloridi, 30 mg/g akula jigarining moyi.

Nofaol ingredientlari: mineral moy, vazelin, metilparagidroksibenzoat (Ye218), propilparagidroksibenzoat (Ye216), suvsiz lanolin, benzoy kislotasi (Ye210), makkajo‘xori moyi, gliserol, lanolinli spirtlar, qattiq parafin (58/60), zig‘ir moyi, Ye vitamini, oq mum,  tozalangan suv.

Farmakoterapevtik guruhi

Gemorroyni mahalliy davolash uchun preparat.

 

Farmakologik xususiyatlari

Fenilefrin gidroxloridi alfa- adrenomimetik bo‘lib, mahalliy tomirlarni toraytiruv ta‘sir ko‘rsatadi, gemorroy va boshqa kasalliklarda anorektal sohasidagi eksudasiya ko‘rinishlarini (seroz ajralma, shish, qichishish, achishish) bartaraf qiladi.

Akula jigarining moyi mahalliy yallig‘lanishga qarshi, gemostatik, yarani bitkazuvchi va immunomodulyasiya qiluvchi ta‘sir ko‘rsatadi.

 

Qo‘llanilishi

Gemorroyga, perianal yoriqlarga, eroziyalar va orqa chiqaruv teshigining mikrojarohatlariga yondosh bo‘lgan perianal qichishish, achishish va diskomfortni simptomatik davolashda qo‘llanadi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Preparatni gigenik muolajalar o‘tkazilganidan keyin qo‘llash kerak. Applikatordan himoya qalpoqchasi olinadi. Applikator tyubikka o‘rnatiladi va applikatorni moylash uchun oz miqdordagi surtma siqib chiqariladi. Surtma applikator orqali ehtiyotkorlik bilan shikastlangan sohalarga, sirtga yoki orqa chiqaruv yo‘lining ichiga kuniga 4 martagacha (ertalab, kechqurun va ichak har bir bo‘shalganidan keyin) qo‘yiladi. Har qo‘llashdan keyin applikator yaxshilab yuviladi va u himoya qalpoqchasiga joylanadi. 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga – shifokor tavsiyasi bo‘yicha qo‘llash lozim.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Ba‘zi hollarda allergik reaksiyalar: achishish, giperemiya, anal teshigi sohasida teri toshmalari bo‘lishi mumkin.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning ingredientlariga yuqori individual sezuvchanlik, tromboembolik kasalligi, granulositopeniyada qo‘llash mumkin emas.

Dozani oshirib yuborilishi

Tavsiya etilgan bir martalik va sutkalik dozadan oshirib yuborish hollarida giperkoagulyasiyaga moyillik kuzatilishi mumkin.

Tomirlarni toraytiruvchi vositalarni (fenilefrin gidroxloridi) uzoq muddat yuqori dozalarda anorektal sohasida qo‘llash, kam hollarda xavotirlik va ruhiy buzilishlarga olib kelishi mumkin. Kontakt dermatit rivojlanishi mumkin.

 

Maxsus ko‘rsatmalar va ehtiyotkorlik choralari

Orqa chiqarish yo‘lidan ko‘p miqdorda qonli ajralmalar kelganida yoki preparat qo‘llanganidan keyin 7 kun davomida terapevtik samara bo‘lmaganida, proktolog bilan qo‘shimcha maslahatlashish kerak.

Shifokorning roziligisiz homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Qandli diabet, arterial gipertenziya, gipertireoz, prostata bezining kasalliklarida  preparatni qo‘llashda shifokor bilan kelishish kerak.

Preparat avtomobilni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘sir qilmaydi.

 

Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘siri

Preparatni MAO ingibitorlari, antidepressantlar va gipotenziv preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin emas.

 

Saqlash muddati

+25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda, bolalar ololmaydigan joyda.

 

Saqlash sharoiti

2 yil. O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

 

O‘rami

Tuba 28,4 g (1 oz). Tuba applikator va ilova-varaqasi bilan birga karton qutiga joylangan.

 

Berish tartibi

Reseptsiz

8510cookie-checkRelif Advans rektal shamchalar