07.05.2024

Tibbiyot24.uz

Tibbiyot Sayti

Maviks

QOʻLLASH BOʻYICHA YOʻRIQNOMA

MAVIKS

Мавикс

MAVIX

Preparatning savdo nomi: Maviks

Taʼsir etuvchi modda (XPN): monosialotetrageksozilgangliozid

Dori shakli: inyeksiya uchun eritma

Tarkibi:

Bir ampula (2 ml) da quyidagilar saqlanadi:

faol modda: monsialotetrageksozilgangliozid (natriyli tuzi koʻrinishida) – 20 mg;

yordamchi moddalar: natriy xloridi, natriy gidrofosfati, natriy digidrofosfati, inyeksiya uchun suv.

Taʼrifi: tiniq, rangsiz yoki deyarli rangsiz suyuqlik.

Farmakoterapevtik guruhi: gangliozidlar va ularning hosilalari

ATX kodi: N07XA

Farmakologik xususiyatlari

Gangliozidlar sut emizuvchilarning hujayra membranalarida mavjud boʻlgan, tarkibida sialat kislotasi saqlagan qandli sfingolipidlar toifasiga kiradi. Ularning miqdori ayniqsa nerv tizimida yuqori boʻladi. Gangliozid nerv hujayralarining membranalari tarkibiga kiradi, ular nerv hujayralarini rivojlanishi, oʻsishi va differensiatsiyasida muhim rol oʻynaydi. Bundan tashqari, gangliozid hujayralar shikastlanganidan soʻng ularni tiklanish jarayoni uchun juda muhim, chunki ularning regeneratsiyasiga yordam beradi. U shuningdek sinapsni hosil boʻlishi va oʻsishini ragʻbatlantiradi, innervatsiya faoliyatini tiklaydi, nerv oʻtkazuvchanligini yaxshilaydi, bosh miyaning elektrik faolligini ragʻbatlantiradi va boshqa neyrofiziologik koʻrsatkichlarni tiklaydi, hujayra membranalarini himoya qiladi, hujayra membranalarida enzimatik faollikning baʼzi turlarini tiklanishini ragʻbatlantiradi. Maviks markaziy nerv tizimi funksiyasining buzilishini davolashda ahamiyatli rol oʻynaydigan eng muhim gangliozidlardan biri hisoblanadi. U shuningdek markaziy nerv tizimining hujayra membranalarda, ionlarni hujayralarga kirishi va ulardan chiqishida muvozanatni saqlab turishga qaratilgan Na+-K+-ATF-fermenti va Ca+2-Mg+2-ATF-fermentining faolligini tutib turadi; hujayralar ichida kalsiy ionlarini toʻplanishini bartaraf qilish uchun nerv hujayralarining shishini kamaytiradi. Maviks preparati neyrotoksiklikni oldini oladi, boshqa nerv hujayralariga erkin radikallarning shikastlovchi taʼsirini kamaytiradi. Shunday qilib, monosialotetrageksozilgangliozid nerv tizimini tiklanishini (nervlarni rekontruksiyasi, neyroplastika) ragʻbatlantirish hususiyatiga ega, va shakllari, biokimyosi, neyrofiziologiya va hulq-atvorning turli koʻrsatkichlarini faollashtirib, nervlarning reparatsiyasini tezlashtirish va nerv tizimining faoliyatini maksimal darajada tiklash hususiyatiga ega.

Eksperimentlar monosialotetrageksozilgangliozid bosh va orqa miyaning shikastlangan tomirlarini tiklanishini ragʻbatlantirishi mumkinligini koʻrsatdi. Kalamushlarning oʻrta miyasi va yoʻl-yoʻl tanasi toʻqimalarining kulturasiga, sichqonlarning neyroblastoma N2A hujayralariga va joʻjalardagi nerv tugunlarining orqa ildizchalariga monosialotetrageksozilgangliozidni yuborish nervlarning oʻsishi va shoxlanishini ragʻbatlantirishi mumkin. Monosialotetrageksozilgangliozid yuborilganidan soʻng neyromushak biriktiruvchi hosilalarning bioelektrik faolligi oshib, qutblanishi esa kamayib, monosialotetrageksozilgangliozid toʻqimalarda bioelektrik qoʻzgʻaluvchanlikni tushib ketishini kamaytirishi mumkinligini koʻrsatadi. Monosialotetrageksozilgangliozid bosh miyada gemodinamik koʻrsatkichlarni yaxshilaydi va uning shishini pasaytiradi. Hayvonlarda oʻtkazilgan tadqiqotlar monosialotetrageksozilgangliozid Parkinson kasalligida buzilgan hulq-atvorning hususiyatlarini yaxshilashi mumkinligini koʻrsatdi.

Farmakokinetikasi

Monosialotetrageksozilgangliozid nerv hujayralariga yaqinlikka ega. Ekzogen monosialotetrageksozilgangliozid gematoensefalik toʻsiq orqali oʻtishi mumkin. Ushbu modda yuborilganidan soʻng 2 soatdan keyin radioaktiv nishon yordamida (radioaktivlik choʻqqi koʻrsatkichi boʻyicha) bosh va orqa miyada aniqlanishi mumkin. 4-8 soatdan keyin uning miqdori teng yarmiga kamayadi. Monosialotetrageksozilgangliozid nerv hujayralarining membranalariga saflanishi va ularni oʻzgarishini chaqirishi mumkin. Monosialotetrageksozilgangliozid asosan jigarda metabolizmga uchraydi va buyraklar orqali chiqariladi.

Qoʻllanilishi

Markaziy nerv tizimini shikastalanishlari, shu jumladan bosh va orqa miya jarohatlari, serebrovaskulyar buzilishlar, Parkinson kasalligida qoʻllanadi.

Qoʻllash usuli va dozalari

Bosh miyada qon aylanishini oʻtkir buzilishi

Oʻtkir fazasida Maviks preparatini 100 mg dozada 0,9% li natriy xloridi eritmasida suyultirib, vena ichiga infuziya koʻrinishida har kuni yuborish tavsiya etiladi. 2-3 haftadan keyin samarasini tutib turuvchi dozada – 20-40 mg dan har kuni, odatda 6 hafta davomida, mushak ichiga inyeksiya yoki vena ichiga infuziya holida yuborish maqsadga muvofiqdir.

Bosh va orqa miya jarohatlarida preparatni 20-40 mg dan har kuni mushak ichiga inyeksiya koʻrinishida va 0,9% li natriy xloridi eritmasida suyultirib, vena ichiga sekin infuziya holida yuborish tavsiya etiladi.

Parkinson kasalligida davolashni birinchi kunida Maviksning dozasi 500-1000 mg ni tashkil etadi, vena ichiga infuziya holida yuboriladi. 2-kundan boshlab preparat 200 mg dan har kuni teri ostiga, mushak ichiga yoki vena ichiga infuziya holida, odatda 18 hafta davomida yuboriladi.

Periferik nerv tizimining kasalliklari

Diabetik periferik neyropatiyada Maviks preparatini 20-40 mg dan har kuni, kuniga bir marta 14 kun davomida vena ichiga infuziya holida yuborish tavsiya etiladi. Keyingi 14 kun davomida preparatni 20 mg dozada mushak ichiga yuborish tavsiya etilgan.

Oksaliplatin va boshqalar bilan adʼyuvant ximiyaterapiyaning neyrotoksik taʼsirida rivojlangan periferik neyropatiyada Maviks preparati 20 mg dan har kuni kuniga bir marta, 14 kun davomida vena ichiga infuziya holida yuboriladi.

Nojoʻya taʼsirlari

Patsiyentlarning juda kam miqdorida toshma kuzatilgan. Bunday reaksiya kuzatilganida preparatni qoʻllashni toʻxtatish kerak.

Kam hollarda preparat yuborilgandan soʻng toshma toshishi mumkin, bunday holatlarda davolashni toʻxtatish kerak.

Juda kam hollarda patsiyentlarda et uvishishi, yurak urishini tezlashishi, arterial bosimni pasayishi va boshqalar kuzatish mumkin. Infuziya vaqtida tana haroratini oshishi koʻrinishida allergik reaksiyalar kuzatilishi mumkin. Shunday simptomlar paydo boʻlganida preparatni qoʻllashni va davolashni zudlik bilan toʻxtating.

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar

Preparatga allergiyasi boʻlgan yoki lipidlar metabolizmini genetik buzilishlari boʻlgan patsiyentlarga qoʻllash mumkin emas (gangliozid organizmda toʻplanadi va demensiya, oilaviy amavroz, toʻr pardani degeneratsiyasi kabi kasalliklarni ogʻirlashtiradi).

Preparat bilan bir vaqtda yoki yuborilgandan soʻng 60 minut oldin va keyin boshqa dori vositalarni qoʻllash mumkin emas.

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

Dorilarning oʻzaro taʼsiri yuzasidan maʼlumotlar yoʻq.

Maxsus koʻrsatmalar

Klinika amaliyotida bu preparat vena ichiga sekin tomchilab, natriy xloridining 0,9% li eritmasida suyultirgandan soʻng yuborish kerak.

Ushbu preparatning konsentratsiyasi koʻpi bilan 0,4 mg/ml boʻlishi kerak, yaʼni natriy xloridining 0,9% li 100 ml eritmasida suyultirilsa, koʻpi bilan 2 ampula (40 mg) qoʻshiladi; natriy xloridining 0,9% li 250 ml eritmasida suyultirilsa, koʻpi bilan 5 ampula (100 mg) qoʻshiladi.

Klinika amaliyotida ishlatilganida, vena ichiga sekin, yuborish tezligi soatiga 50~100 ml (minutiga 15~30 tomchi) boʻlishi kerak. Haddan tashqari tez yuborish mumkin emas.

Homiladorlik va laktatsiya davrida qoʻllanishi

Homilador va emizikli ayollarga preparatni qoʻllash mumkin emas, chunki ularda monosialotetrageksozilgangliozidning havfsizligi boʻyicha klinik tadqiqotlar oʻtkazilmagan.

Pediatriyada qoʻllanishi

Bolalar va 18 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlarga preparatni qoʻllash tavsiya etilmaydi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan soʻng ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Nojoʻya koʻrinishlarni kuchayishi kuzatiladi.

Chiqarilish shakli

Inyeksiya uchun eritma 2 ml dan shisha (1 tipi) ampulalarda. 5 ampula qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

Saqlash sharoiti

30oS dan yuqori boʻlmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Retsept boʻyicha.

 

19650cookie-checkMaviks