03.05.2024

Tibbiyot24.uz

Tibbiyot Sayti

Sitoflavin

QOʻLLASH BOʻYICHA YOʻRIQNOMA

SITOFLAVIN®

CYTOFLAVINÒ

 Цитофлавин

Preparatning savdo nomi: SITOFLAVIN® (CYTOFLAVIN®)

Taʼsir etuvchi moddalar (XPN): qahrabo kislotasi+nikotinamid+riboksin (inozin)+riboflavin natriy fosfati(riboflavin).

Dori shakli: vena ichiga yuborish uchun eritma

Tarkibi:

1 l eritma quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: qahrabo kislotasi – 100 g, nikotinamid – 10 g, riboksin (inozin) – 20 g, riboflavin natriy fosfati (riboflavin) – 2 g;

yordamchi moddalar: N-metilglyukamin (meglumin) – 165 g, natriy gidroksidi – 34 g, inyeksiya uchun suv – 1 gacha.

Taʼrifi: tiniq sariq rangli suyuqlik.

Farmakoterapevtik guruxi: asab tizimiga taʼsir etuvchi vosita (metabolik vosita).

ATX kodi: N07XX

 

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Farmakologik samaralari SITOFLAVIN® preparatining tarkibiga kiruvchi komponentlarning majmuaviy taʼsiri bilan bogʻliq.

SITOFLAVIN® xujayralarning aerob metabolizmini faollashtirishga yordam beradi, bu glyukozaning utilizatsiya darajasini oshishiga olib keladi, yogʻ kislotalarining beta-oksidlanish darajasini oshishiga va neyronlarda γ-amino-moy kislotasining resinteziga yordam beradi.

SITOFLAVIN® nerv va glial xujayralarni membranalarinng ishemiyaning taʼsiriga chidamliligini oshiradi, bu nerv toʻqimasining asosiy struktur komponentlarining destruksiyasi darajasini belgilovchi neyrospetsifik oqsillarning konsentratsiyasini kamayishi bilan namoyon boʻladi.

SITOFLAVIN® koronar va miya qon oqimini yaxshilaydi, markaziy nerv tizimining metabolik jarayonlarini faollashtiradi, buzilgan ongni tiklaydi, nevrologik simptomatikaning regressini va miyaning kognitiv faoliyatini yaxshilanishiga yordam beradi. Narkozdan keyingi ongni susayishida tez uygʻotuvchi  taʼsirga ega.

Insultning rivojlanishini boshlanishini birinchi 12 soatlarida SITOFLAVIN® preparati qoʻllanganida shikastlangan soxta (oʻchoqni kamayishi) ishemik va nekrotik jarayonlarni ijobiy kechishi, nevrologik statusni tiklanishi va uzoqlik davrida nogironlik darajasini pasayishi kuzatiladi.

Farmakokinetikasi

Vena ichiga taxminan 2 ml/min tezlik bilan infuziyada (suyultirilmagan SITOFLAVIN® ga hisoblaganda) qahrabo kislotasi va inozin amalda shu zaxotiyoq sarflanadi va qon plazmasida aniqlanmaydi.

Qahrabo kislotasi: – konsentratsiyasining choʻqqisi yuborilgandan keyin bir minut davomida, kumulyatsiyasiz keyingi tez pasayishi bilan va suv va karbonat angidrid gazigacha metabollanishi oqibatida uning darajasini dastlabki qiymatlarga qaytishi  aniqlanadi.

Inozin jigarda inozinmonofosfatni  xosil boʻlishi, keyinchalik uni siydik kislotasigacha oksidlanishi bilan metabollanadi. Ahamiyatsiz miqdorda buyraklar orqali chiqariladi.

Nikotinamid barcha toʻqimalarga tez tarqaladi, yoʻldosh orqali va koʻkrak sutiga oʻtadi, jigarda N-metilnikotinamid hosil boʻlishi bilan metabolanadi, buyraklar orqali chiqariladi. Plazmadan yarim chiqarilish davri taxminan 1,3 soatni tashkil qiladi, muvozanatli taqsimlanish xajmi – taxminan 60 litr, umumiy klirensi – taxminan 0,6 l/min.

Riboflavin notekis taqsimlanadi: eng koʻp miqdori miokardda, jigarda, buyraklarda. Plazmadan yarimchiqarilish davri taxminan 2 soatni tashkil qiladi, muvozanatli taqsimlanish hajmi – taxminan 40 litr, umumiy klirensi – taxminan 0,3 l/min. Yoʻldosh orqali va koʻkrak sutiga oʻtadi. Plazma oqsillari bilan 60% bogʻlanadi. Buyraklar orqali qisman metabolitlari shaklida chiqariladi; yuqori dozalarda – asosan oʻzgarmagan koʻrinishda.

Qoʻllanilishi

Kattalarda majmuaviy davolashda:

  • insult;
  • serebrovaskulyar kasalliklarning oqibatlari (miya infarktining oqibati, serebral ateroskleroz);
  • oʻtkir va surunkali zaharlanishlardagi toksik va gipoksik ensefalopatiyalar, endotoksikozlar, narkozdan keyingi ongning susayishi, shuningdek sunʼiy qon aylanishini ishlatilayotgan kardioxirurgik operatsiyalarda gipoksik ensefalopatiyani oldini olish va davolash.

Bolalarda (shu jumladan chala tugʻilgan gestatsiya muddati 28-36 haftaliklarda) yangi tugʻilgan chaqaloqlik davridagi majmuaviy davolashda:

  • serebral ishemiyada.

 

Qoʻllash usuli va dozalari

Kattalarda

SITOFLAVIN® faqat vena ichiga tomchilab 100-200 ml 5-10% dekstrozaning eritmasida yoki 0,9% natriy xloridining eritmasida suyultirib qoʻllanadi.

  1. Miya qon aylanishini oʻtkir buzilishlarida preparat kasallikni rivojlanishi boshlanganidan soʻng maksimal erta muddatda 10 ml xajmda 8-12 soat oraligʻi bilan 10 kun davomida yuboriladi. Kasallikning ogʻir kechishida bir martalik doza 20 ml gacha oshiriladi.
  2. Serebrovaskulyar kasalliklarning oqibatlarida (miya infarktining oqibati, serebral ateroskleroz) preparat 10 ml hajmda kuniga bir marta 10 kun davomida yuboriladi.
  3. Toksik va gipoksik ensefalopatiyalarda preparat 10 ml hajmda sutkada 2 marta, 8-12 soatlik oraliq bilan 5 kun davomida yuboriladi.

Komatoz holatida 200 ml dekstroza eritmasida suyultirilgan 20 ml hajmda yuboriladi. Narkozdan keyingi depressiyada bir marta shu dozalarda yuboriladi. Sunʼiy qon aylanishi ishlatilayotgan kardioxirurgik operatsiyalarda  gipoksik ensefalopatiyani davolashda  200 ml 5% dekstroza eritmasida suyultirilgan preparat 20 ml dan operatsiyadan 3 kun oldin, operatsiya kuni, operatsiyadan keyingi 3 kun yuboriladi.

Serebral ishemiyali bolalarning (shu jumladan chala tugʻilgan bolalarda) chaqaloqlik davrida SITOFLAVIN® preparatining sutkalik dozasi sutkada 2 ml/kg ni tashkil qiladi. Preparatning hisoblangan dozasi vena ichiga tomchilab (sekin) 5% yoki 10% dekstroza eritmasida suyultirilganidan keyin yuboriladi (1:5 dan kam boʻlmagan nisbatida). Birinchi yuborish vaqti – tugʻilgandan keyingi birinchi 12 soatlarda; davolashni boshlashning optimal vaqti hayotining birinchi 2 soati boʻladi. Tayyorlangan eritma infuzion nasos yordamida soatiga 1 dan 4 ml gacha tezlikda, sutka davomida preparatning qon oqimiga bir tekis tushishini taʼminlab, bazis davolash uchun eritmalarning sutkalik hajmini, bemorning gemodinamikasi holatini va kislota-ishqor holatini koʻrsatkichlarini hisobga olib yuborish tavsiya qilinadi. Davolash kursi oʻrtacha 5 sutkani tashkil qiladi.

 

Nojoʻya taʼsirlari

Butun Jahon Sogʻliqni saqoash tashkilotining maʼlumoti boʻyicha nojoʻya samaralarning rivojlanish tezligi quyidagi shaklda tavsiflanadi:

– juda tez-tez (≥1/10);

– tez-tez (≥1/100 – <1/10);

– tez-tez emas (≥1/1000 – <1/100);

– kam hollarda (≥1/10000 – <1/1000);

– juda kam hollarda (<1/10000);

– tezligi nomaʼlum (mavjud maʼlumotlar asosida aniqlash mumkin emas);

Immun tizimi tomonidan buzilishlar: juda kam hollarda – yuqori sezuvchanlik reaksiyasi, angionevrotik shish, anafilaktik shok.

Nerv tizimi tomonidan buzilishlar: juda kam hollarda – bosh ogʻrigʻi, bosh aylanishi, parestiziya, tremor.

Ruhiy buzilishlar: juda kam hollarda – psixomotor qoʻzgʻalishlar (xavotirlik, xarakat faolligini oshishi).

Yurak tomonidan buzilishlar: juda kam hollarda – taxikardiya, koʻkrak qafasi sohasidaqisqa vaqtli ogʻriqlar va diskomfort, yurak qisqarishini tezlashishi yoki kuchayishini his qilish.

Qon tomirlar tomonidan buzilishlar: juda kam hollarda – arterial qon bosimini oshishi yoki pasayishi, teri qoplamalariniturli darajadagi giperemiyasiyoki oqarishi.

Nafas olish tizimi tomonidanbuzilishlar: juda kam hollarda – nafas olishni qiyinlashishi, hansirash, nafas qisilishi, tomoqda qichishish, quruq yoʻtal, ovoz boʻgʻilishi, burunda paresteziya, dizosmiya.

Meʼda – ichak yoʻllari tomonidan buzilishlar: juda kam hollarda – taxirlik, quruqlik, ogʻizda metall taʼmi, epigastral sohada qisqa vaqtli ogʻriqlar va diskomfort, qusish.

Teri va teri osti toʻqimalari tomonidanbuzilishlar: juda kam hollarda – teri qichishlari, toshma, yuz shishi, eshakemi.

Moddalar almashinishi tomonidan buzilishlar: juda kam hollarda – tranzitor gipoglikemiya, giperurikemiya, podagrani zoʻrayishi. Bolalarning (shu jumladan chala tugʻilgan bolalar) chaqaloqlik davrida alkaloz rivojlanish mumkin.

Umumiy buzilishlar va yuborish joyida buzilishlar: juda kam hollarda – qaltirash, qizib ketish hissi, holsizlik, tana haroratini oshishi, terlash, vena boʻylab ogʻriq va qizarish.

Nojoʻya samaralarni paydo boʻlishini oldini olish uchun preparatni dozalash tartibi va yuborish tezligini kuzatib borish tavsiya qilinadi.

Agar yoʻriqnomada keltirilgan har qanday nojoʻya samaralar kuchaysa yoki Siz yoʻriqnomada keltirilmagan har qanday boshqa nojoʻya samaralarni bilib qolsangiz, bu haqida shifokorga xabar qiling.

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar

Preparatning komponentlarini shaxsiy oʻzlashtiraolmaslik, homiladorlik, emizish davri.

Tang holatdagi bemorlarga (yangi tugʻilganlik davridan tashqari) markaziy gemodinamika barqarorlashmagunicha va/yoki arterial qondagi kislorodning parsial bosimi 60 mm sim. ust. dan kamroqga pasayganida buyurilmaydi.

 

 

Ehtiyotkorlik bilan

Nefrolitiaz, podagra, giperurikemiyada.

Agar Sizda sanab oʻtilgan kasalliklardan biri boʻlsa, SITOFLAVIN® preparatini qoʻllashdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing.

 

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

Qahrabo kislotasi, inozin, nikotinamid boshqa dori vositalari bilan mutanosib.

Riboflavin doksitsilin, tetratsiklin, oksitetratsiklin, eritromitsin va linkomitsinning faolligini kamaytiradi. Streptomitsin bilan nomutanosib.

Xlorpromazin, imipramin, amitriptilin flavinokinazani bloklanishi hisobiga riboflavinning flavinadeninmononukleotid va flavinadenindinukleotidga quritilishini buzadi va uning siydik bilan chiqarilishini koʻpaytiradi.

Tireoid gormonlar riboflavinning metabolizmini tezlashtiradi.

Xloramfenikolning (gemopoezni buzilishi, koʻruv nervining nevriti) nojoʻya taʼsirlarini  kamaytiradi va oldini oladi.

Gemopoezni ragʻbatlantiruvchi preparatlar, antigipoksantlar, anabolik steroidlar bilan mutanosib.

 

Maxsus koʻrsatmalar

Yangi tugʻilgan (chala tugʻilgan) chaqaloqlarga preparatni yuborish kapillyar qonda kislota-ishqor holatining koʻrsatkichlarini sutkada 2 martadan kam boʻlmagan (davolashni boshlash oldidan ham, davolash jarayonida ham) nazorati ostida  amalga oshiriladi. Imkoniyat boricha zardob laktati va glyukozaning koʻrsatkichlarini nazorat qilish kerak.

SITOFLAVIN® saqlovchi eritmani yangi tugʻilgan (chala tugʻilgan) bolalarga quyidagilarda yuborilishi tezligini kamaytirish yoki vaqtinchalik infuziyani toʻxtatish kerak:

  • oʻpkalarning sunʼiy ventillyatsiyasida boʻlgan, miya qon aylanishi buzilishlarining rivojlanishi xavfli aralash (respiratormetabolik) alkaloz belgilari paydo boʻlganida;
  • toʻsatdan nafas saqlangan va nafas yoʻllarida doimiy muspat bosimi (SRAR) usuli bilan respirator faoliyatni bir maromda saqlab turishda yoki apnoe xurujlari paydo boʻlishi yoki tezlashuvi bilan xavf soluvchi metabolik alkalozning laboratoriya belgilarini niqob orqali hav-kislorod aralashmasini qabul qiluvchilarda paydo boʻlganida.

Qandli diabetli bemorlarda davolash qondagi glyukozaning koʻrsatkichlarini nazorati ostida oʻtkaziladi.

Siydik sariq rangga boʻyalishi mumkin.

Transport vositalarini va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga taʼsiri

SITOFLAVIN® transport vositalarining boshqarish qobiliyatiga taʼsir qilmaydi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati oʻtgach ishlatilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Dozani oshirib yuborilish holatlari kuzatilmagan. Dozani oshirib yuborilganida simptomatik davolash oʻtkazish kerak.

Chiqarilish shakli

Vena ichiga yuborish uchun eritma 10 ml dan jigarrang shisha ampulalarda. 5 ampuladan bir tomonli kontur uyali oʻramda, kontur uyali oʻramda ochiq yoki qoplama parda yoki alyumin folga bilan termoyelimlangan 2 kontur uyali oʻram qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomasi bilan birga karton qutida.

 

Saqlash sharoiti

Yorugʻlikdan himoyalangan joyda, 25°S dan koʻp boʻlmagan haroratda.

 

Yaroqlilik muddati

2 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Retsept boʻyicha.

 

19560cookie-checkSitoflavin