03.05.2024

Tibbiyot24.uz

Tibbiyot Sayti

Sitoxrom S

QOʻLLASH BOʻYICHA YOʻRIQNOMA

SITOXROM S

CYTOCHROM C

Цитохром С 

Preparaning savdo nomi: Sitoxrom S

Taʼsir etuvchi modda (XPN): sitoxrom S

Dori shakli: vena ichiga va mushak ichiga yuborish uchun eritma tayyorlash uchun liofillizat

Tarkibi:

1 flakon quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: sitoxrom S – 10 mg

yordamchi moddalar: natriy xloridi.

Taʼrifi: liofillangan kukun yoki gʻovakli massa, pushti-jigarrang rangli, zichlangan tabletkalar

Farmakoterapevtik guruhi: metabolik jarayonlarni muvofiqlashtiruvchi vosita.

ATX kodi: S01SX

Farmakologik xususiyatlari

Metabolitik vosita, antigipoksik, trofik taʼsir koʻrsatadi, regeneratsiya jarayonlarini ragʻbatlantiradi. Hujayra nafasining katalizatori hisoblanadi. Preparatning taʼsir mexanizmi prostetik guruhida oksidlangan holatidan qaytarilgan holatiga oʻtish qobiliyatiga ega boʻlgan temirning boʻlishi bilan bogʻliq. Natijada toʻqimalarda endogen oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari va almashinuv jarayonlari tezlashadi, kislorodning utilizatsiyasi yaxshilanadi va turli patologik holatlardagi toʻqimalarning gipoksiyasi pasayadi.

 

Farmakokinetikasi

Tez va toʻliq soʻriladi. Aʼzolari va toʻqimalarining hujayralariga yaxshi kiradi.

 

Qoʻllanilishi

Sitoxrom S organizmdagi oksidlanish va qaytarilish jarayonlarini buzilishi bilan birga kechuvchi holatlarda toʻqima nafasini yaxshilovchi vosita sifatida majmuaviy davolashda qoʻllanadi; yangi tugʻilgan chaqaloqlarning asfiksiyasi; ogʻir travmalar; operatsiya aralashuvidan oldin va keyin (shokni oldini olish uchun), nafas yetishmovchiligi bilan bronxial astmaning remissiyasi davrida, oʻpkaning surunkali obstruktiv kasalligi va yurak yetishmovchili boʻlgan bemorlarda; jigar komasi bilan asoratlangan virusli gepatitda; uyqu preparatlari va is gazi bilan zaxarlanishda.

Qoʻllash usuli va dozalari

Preparat vena ichiga va mushak ichiga qoʻllanadi. Sitoxrom S ni qoʻllash oldidan flakon ichidagisini 4 ml inyeksiya uchun suvda eritish va unga shaxsiy sezuvchanlikni aniqlash kerak. Shuning maqsadida teri ichiga 0,1 ml preparat (0,25 mg) yuboriladi. Agarda bunda 30 minut davomida reaksiya yuz bermasa (yuzning qizarishi, terini qichishishi, eshakemi), unda preparat bilan davolashni boshlash mumkin. Takroriy kursni buyurish oldidan, albatta biologik sinama takrorlanadi.

Preparat vena ichiga asta-sekin yoki mushak ichiga 10-20 mg miqdorda kuniga 1-2 marta yuboriladi. Davolash kursi 10-14 kun.

Yurak yetishmovchiligida preparat 200 ml natriy xloridning izotonik eritmasida yoki 5% li glyukoza eritmasida suyultiriladi va vena ichiga tomchilab (minutiga 30-40 tomchi) 6-8 soat davomida yuboriladi. Sutkalik doza 30-80 mg ni tashkil qiladi.

Operatsiyadan keyingi davrda (yurakning orttirilgan nuqsonlari boʻyicha operatsiyalar) preparat vena ichiga 10 mg dan kuniga 2 marta yuboriladi. Ogʻir holatlar (travma, shok, jigar komasi, uyqu preparatlari va is gazi bilan zaharlanishda) preparat 50-100 mg miqdorda buyuriladi. Yangi tugʻilgan chaqaloqlarning asfiksiyasida preparat kindik venasiga tugʻilgandan keyingi birinchi ikki minut davomida 10 mg dozada yuboriladi.

Bronxial astmada preparat mushak ichiga 5-10 mg dozada kuniga 2 marta buyurildai. Davolash kursi gipoksiyaning ogʻirligiga qarab 14 dan 25 kungacha davom etadi.

Nojoʻya taʼsirlari

Preparat tez yuborilganida haroratni toshishi bilan etni uvishishi allergik reaksiyalar paydo boʻlishi mumkin. Davomli qoʻllanganida boʻlishi mumkin: pereferik qon manzarasini, qonning ivish tizimining koʻrsatgichlarini, jigar faoliyatini oʻzgarishi.

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar

Preparatga yuqori sezuvchanlik, homiladorlik va laktatsiya davri.

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

Taʼriflanmagan.

Maxsus koʻrsatmalar

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati oʻtgach ishlatilmasin.

 

Chiqarilish shakli

Vena ichiga va mushak ichiga yuborish uchun eritma tayyorlash uchun liofilizat 10 mg.

10 mg preparat saqlovchi 5 ml sigʻimli flakonlarda, rezina tiqinlar bilan berkitilgan va alyumin qalpoqchalar bilan yopilgan yoki aralash alyumin bilan plastmassa tiqinlar bilan ezilgan.

5 flakondan polivinilxlorid plyonka blisterda. 1 yoki 2 blisterdan qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomasi bilan karton qutida.

Saqlash sharoiti

Quruq, yorugʻlikdan himoyalangan joyda, 20ºS dan yuqori boʻlmagan haroratda.

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Dorixonalarda berish tartibi.

Retsept boʻyicha

 

19520cookie-checkSitoxrom S