29.04.2024

Tibbiyot24.uz

Tibbiyot Sayti

COVID-19 ( koronavirus ) dan keyin hid bilish sezgisini qanday qaytarish mumkin?

Olimlarning fikriga ko’ra, bemorlarning taxminan 70 foizida hid bilish sezgisining yo’qolishi SOVID-19ning o’ziga xos belgisi sifatida namoyon bo’ladi, bu odatda kasallikning dastlabki bosqichlarida kuzatiladi.

Ko’pchilikda sog’ayish jarayonida bu sezgi qaytadi, ammo taxminan har beshinchi kishi yana bir yoki ikki oy davomida hid bilish bilan bog’liq muammolarga duch kelmoqda. Olimlar bunga qarshi chora topishga harakat qilmoqda, shuningdek, “hid bilishni qaytarish” uchun maxsus usulni ishlab chiqmoqda. Aniqlanishicha, hid va ta’m bilish sezgisining buzilishi unchalik ham zararsiz emas.

Neyronlar hidi

Virusli infeksiyalarda hid bilishni yo’qotish tabiiy. SARS-CoV-2an tashqari rinovirus, gripp va epshteyna — Barr viruslari ham hid bilish sezgisini yo’qotishga qodir.

Shuning uchun olimlar, boshqa viruslar qo’zg’atgan hid bilish sezgisi bilan bog’liq kasalliklarni davolashda yaxshi samara ko’rsatgan dorilarni ko’rib chiqdi. Tizimli va mahalliy steroidlar, yallig’lanishga qarshi burun spreyi, natriy tsitrat va steroid bo’lmagan preparatlar — vitaminlar va antioksidantlar shular jumlasidandir.

Evropalik olimlarning Belgiyadagi uchta universitet shifoxonalarida o’tkazgan katta tadkikoti shuni ko’rsatdiki, natriy sitrat va mashqlar COVID-19 bilan bog’liq hid bilmaslik holatida eng samarali hisoblanadi, ammo burun spreyi va burunni yuvish yordam bermaydi. Olimlarning ta’kidlashicha, koronavirus infeksiyasida hid bilish sezgisining to’liq yo’qolishi alohida ahamiyatga ega.

Natriy sitrat gripp virusi keltirib chiqaradigan sezgi yo’qolishini davolashda yaxshi natija berishi isbotlangan. Olimlarning ta’kidlashicha, hidning yo’qolishi hidni his qilish uchun mas’ul bo’lgan neyronlarning mikro muhit hujayralarida, virusli infeksiya paytida kalsiy mikrotrombi hosil bo’lishi bilan bog’liq bo’lishi mumkin. Natriy sitrat — tomirlardagi kalsiy mikrokristallarini eritib, ularni burundagi balg’amdan chiqarib yuboradi va tomirlar tiklanadi.

Hid bilish mashqlari

Koronavirus ta’sirida bo’lgan sezgini tiklash uchun shifokorlar hidlashni mashq qilishni maslahat berishadi va qaytadan hidlarni farqlashni o’rgatishadi. Otorinolaringologik klinikalarda hid sezgisining buzilishi shu tarzda davolanadi.

Evropa Ittifoqi olimlari Drezden Texnik universitetida infektsiya tufayli hidni to’liq yoki qisman yo’qotgan 153 bemorni sinovdan o’tkazdi. Bemorlar bir necha oy davomida kuniga ikki marta kamida to’rtta hidning har birini 15 soniyadan hidlashdi va ularning atrini eslashga harakat qilishdi.

O’quv to’plamida bitta komponentli atirlar — masalan, anis, atirgul, chinnigullar, limon, lavanda, asal, qulupnay, evkalipt va shokolad mavjud edi.

Olimlar hidlarga nisbatan sezgirlikni tadqiqot boshlanganda va olti oylik mashg’ulotdan so’ng miqdoriy jihatdan baholadi va keyin uni nazorat guruhidagi kishilar bilan taqqosladi.

Buday trening neyronlarning zanjirlari tomonidan hosil qilingan hid bilish yo’llarini tiklashga turtki berishi aniqlandi. Mazkur usul katta yosh guruhi va hidning og’ir buzilishi bo’lgan bemorlar orasida eng samarali ekanligi isbotlandi.

Psixologik muammolar

Yaqinda ingliz olimlari uzoq vaqt hid bilish sezgisining yo’qolishi stress va hatto ruhiy kasalliklarga olib kelishi mumkinligini isbotladi. Tadqiqotda AbScent xayriya tashkiloti, Britaniya quloq, tomoq, burun jarrohligi jamiyati va Britaniya rinologik jamiyati tomonidan tashkil etilgan Facebook COVID-19 Smell and Taste Loss guruhining to’qqiz mingga yaqin a’zosi ishtirok etdi.

Dastlab barcha ishtirokchilarning ijtimoiy tarmoqdagi xabarlari va sharhlari tahlil qilindi, so’ngra ulardan shaxsiy tajribalarini yozib berishlari so’raldi.

Hid va ta’m bilish sezgisining yo’qolishi SOVID-19 bilan kasallangan odamlarning hayot sifati va ruhiy xotirjamligiga katta ta’sir ko’rsatdi.

Ko’pchilik hid va ta’mni anglash va talqin qilishda qiynalayotgani haqida xabar yozgan. Ular uchun eng og’iri — tanish hissiyotlarning yo’q bo’lib ketishi haqiqati bo’ldi. Odamlar hayotini tubdan o’zgartirgan “ko’rinmas kasallik” holatini ta’rifladi.

Ko’pchilik ta’kidlaganidek, hid va ta’m sezgisi yo’qolganda nima bo’lishini tushuntirish qiyin. Kezi kelganda tibbiyot ham yordam bermadi.

Oziq-ovqatga nisbatan befarqlik paydo bo’ldi, natijada ba’zilar juda ko’p vazn yo’qotdi, boshqalari esa, aksincha, zararli oziq-ovqatga tayanishni boshladi.

Birgalikda ovqatlanish kunlik muhim marosim va ijtimoiy aloqalarni mustahkamlash omili bo’lgani uchun, ba’zilari oilasi va do’stlari bilan muammolarga duch kelishdi.

Hid odamni atrof-muhit, boshqa odamlar va o’z tanasi bilan bog’laydigan asosiy hissiyotlardan biridir. Tadqiqot mualliflari hid va ta’m bilish sezgisi buzilgan barcha bemorlarda yolg’izlik, ijtimoiy va shaxsiy yakkalanish hamda atrofda sodir bo’layotgan narsalarning haqiqat emasligi hissi paydo bo’lganini aniqladi. Odamlar olamga tashqaridan qarab turganday tuyuldi.

Yana bir muhim jihat shundaki, tutun va boshqa toksik hidlarni bilmaslik xavfli vaziyatni o’tkazib yuborishi mumkin. Buning oqibati esa yaxshi bo’lmasligi barchaga ma’lum.

27060cookie-checkCOVID-19 ( koronavirus ) dan keyin hid bilish sezgisini qanday qaytarish mumkin?