27.04.2024

Tibbiyot24.uz

Tibbiyot Sayti

Ich o’tishi ( diareya ) sabablari va davosi. Ich o’tganda nima qilish kerak ?

Diareya – bu oshqozon-ichak kasalliklarida eng ko‘p uchraydigan simptom hisoblanadi. Bir yoshdan katta bolalarda va kattalarda axlatning sutkasiga 3 martadan ko‘p kelishi va suyuq kelishi diareyahisoblanadi. Diareya kasalligi qorinda og‘riq va noxush his bilan birga kuzatilishi mumkin. Bir yoshgacha bo‘lgan ona suti bilan oziqlanadigan bolalarda odatda axlat kelishi necha mahal emizishga bog‘liq bo‘ladi, shuning uchun ularda axlat kelish mahaliva axlat konsistensiyasi odatdagidan o‘zgarishiga qarab diareya deb xulosa qilinadi.

Shuni e’tiborga olish kerakki diareya bu – kasallik emas, balki kasallikning bir belgisidir. Qaysi kasallik sababli diareya kelib chiqqanligiga qarab ko‘ngil aynishi, qayt qilish, tana haroratini ko‘tarilishi kabi belgilar ham kuzatilishi mumkin.

Diareya sabablari

Kattalarda diareya kasalligining kelib chiqishi sabablari juda ko‘p, lekin asosiy sabab infeksiyadir. Bu yerga iflos qo‘l diareyasi, sayyoh diareyasi, o‘tkir respirator kasallikka bog‘liq diareyalarni qo‘shish mumkin. Diareya davolashda odatda muammo bo‘lmaydi, bu albatta davo choralari va dori-darmonni to‘g‘ri tanlashga bog‘liq.

Diareyani ko‘p uchraydigan sabablaridan biri bu dizbakteriozdir. Dizbakteriozda ichaklarda organizm uchun foydali bo‘lgan bakteriyalar tashqi ta’sirlar natijasida kuchsizlanib, kamayib ketadi va natijada ichakda patogen bakteriyalar ko‘payib ketadi. Dizbakteriozga olib keluvchi tashqi ta’sirlar juda ko‘p. Ulardan ko‘p uchraydigani antibiotik qabul qilish, noto‘g‘ri ovqatlanish, gormonal preparatlar qabul qilish va boshqalar.

Diareyani ko‘p uchraydigan sabablardan yana biri bakteriyalardir. Infeksion diareya uchun mavsumiylik xosdir. Kasallik avjiga chiqish oylari may-sentabr oylariga to‘g‘ri keladi. Bu yoz oylarida pishgan meva va sabzavotlarni yaxshi yuvmasdan iste’mol qilish, ochiq suvhavzalarida cho‘milish orqali infeksiya yuqtirib olishga bog‘liq.

Kattalarda diareya kelib chiqishining sababi bu sayohat paytida, ayniqsa tropik mamlakatlarga sayohat qilgan paytda u yerga xos taomlarni, mevalarni iste’mol qilishdir. Natijada ich ketishi va qorin sohasida noxushlak bo‘lib mehmonxonadan chiqa olmay butun sayohatni o‘tkazib yuborish mumkin. Shuning uchun sayohat vaqtida notanish taomlarni va mevalarni iste’mol qilishga ehtiyot bo‘lish, faqat qadoqlangan suv iste’mol qilish, cho‘ntakda doim qo‘l uchun antiseptik bo‘lishi, dori qutisida diareya uchun dori bo‘lishi tavsiya etiladi.

Infeksion diareyada tana haroratini ko‘tarilishi, qorinda og‘riq, dam bo‘lishi, ko‘ngil aynishi va qayt qilish, holsizlik kabi simptomlar ham bo‘lishi mumkin. Lekin ko‘p hollarda ich ketishi yagona belgi bo‘lishi ham mumkin.

Ba’zi ozuqa moddalarni tug‘ma o‘zlashtirolmaslik ham diareyaga sabab bo‘lishi mumkin. Masalan, tug‘ma laktaza fermenti yetishmovchiligi bor odam sut mahsulotlari iste’mol qilsa diareya kelib chiqadi.

Diareya organizmga qanday xavf tug‘diradi?

Patogen mikroorganizmlar oshqozon-ichak yo‘liga tushgach tezda ko‘paya boshlaydi. Ular hayot faoliyati davomida ichak shilliq qavatini yallig‘lantiruvchi, suv va ozuqa moddalar so‘rilishiga to‘sqinlik qiluvchi zaharli moddalar ishlab chiqaradi. Shuningdek patogen mikroblar organizmda ichak sog‘ligini va mahalliy immunitetini ta’minlovchi, foydali bo‘lgan bakteriyalar (normal flora)ni kuchsizlanib ketishiga olib keladi. Bular kasallikni yanada og‘ir kechishiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun infuksion diareyada ososiy asoratlar quydagilar:

  • Suvsizlanish;
  • Elektrolitlar yo‘qotilishi (tuzsizlanish);
  • O‘tkir ozuqa yetishmovchiligi;
  • Diareya bartaraf etilgandan keyin ichaklar normal funksiyasini buzilishi.

Davolash

Bolalarda eng katta xavf tug‘diruvchi asorat bu suv-elektrolit balansi buzilishidir. Suv-elektrolit balansi buzilishi natijasida barcha a’zo va to‘qimalar ishi buziladi. Shuning uchun bemorga elektrolitga boy suvni ko‘p miqdorda ichish tavsiya etiladi. Regidratatsion suyuqlik tayyorlash uchun kukunni dorixonadan sotib olish mumkin. Yoki uyda tayyorlash ham mumkin. Buning uchun qaynatilgan 1 litr suvga bir choy qoshiq tuz va 8 choy qoshiq shakar solib tayyorlanadi.

Ichaklar faoliyatini buzilshini davolashda bir necha guruhga kiruvchi dori vositalari birga qo‘llaniladi.

Diareya davolashda Ekobiotik juda yaxshi samara beradi. Ekobiotik tarkibida laktuloza va rux (sink) bor.

Laktuloza –bu yaxshi o‘rganilgan prebiotiklik xususiyati kuchli moddadir. Laktuloza organizm uchun foydali bo‘lgan lakto- va bifidobakteriyalar rivojlanishi va ko‘payishini ta’minlaydi, ularga bevosita ozuqa modda bo‘lib xizmat qiladi va yashashi uchun qulay muxit yaratadi. Sog‘lom mikroflorani tiklanishi patogen bakteriyalar o‘sishini to‘xtatadi va ular ajratayotgan endotoksin miqdorini kamaytiradi. Normal mikroflora tiklanishi hisobiga xar-xil patogen mikroblardan himoya qiluvchi mahalliy immunitet mustahkamlanadi.

Sink (rux) esa bevosita bakteriostatik ta’sir qiladi. Ichak shilliq qavati regeneratsiyasini kuchaytiradi. Enterotsitlar kiprikchalarini aktivligini oshiradi.

Enterosorbentlar buyurilishi ham yaxshi samara beradi. Enterosorbentlar o‘ziga patogen bakteriyalar hayoti davomidahosil bo‘lgantoksinlar va gazlarni o‘ziga yutib bemor ahvoli yaxshilanishiga yordam beradi.

Agar bemorda intoksikatsiya belgilar (isitma, holsizlik, ko‘ngil aynishi, qayt qilish) kuchli bo‘lsa davoga qo‘shimcha antibiotiklar ham beriladi.

Eslatma! Kichik yoshdagi bolalarda diareya bilan birga isitma, injiqlik, bolani emishi kamayishi, axlatida qon yoki yiring bo‘lishi kuzatilsa yoki bola ahvoli vaqt o‘tgan sari yomonlashayotganligini sezsangiz zudlik bilan shifokorga murojaat qiling!

67400cookie-checkIch o’tishi ( diareya ) sabablari va davosi. Ich o’tganda nima qilish kerak ?