05.05.2024

Tibbiyot24.uz

Tibbiyot Sayti

Maaloks

QOʻLLASH BOʻYICHA YOʻRIQNOMA

MAALOKS®

Маалокс

MAALOX®

Preparatning savdo nomi: Maaloks®

Taʼsir etuvchi moddalar (XPN): algeldrat + magniy gidroksidi

Dori shakli: ichga qabul qilish uchun suspenziya

Tarkibi:

100 ml suspenziya quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: magniy gidroksidi (gel koʻrinishida) – 4,00 g; alyuminiy gidroksidi (gel koʻrinishida) – 3,50 g;

yordamchi moddalar: 10% xlorid kislotasi, limon kislotasi monogidrati, qalampir yalpiz efir moyi, mannitol, metilparagidroksibenzoat, propilparagidroksibenzoat, natriy saxarinati, 70% li sorbitol, 30% li vodorod peroksidi, tozalangan suv.

Taʼrifi: oq yoki deyarli oq, yalpiz hidli sutni eslatuvchi suyuqlik.

Farmakoterapevtik guruhi: meʼda va oʻn ikki barmoq ichak yara kasalligini davolash uchun vosita (antatsid).

ATX kodi: A02AX.

 

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Alyuminiy gidroksidi va magniy gidroksidi meʼda shirasining erkin xlorid kislotasini, uning ikkilamchi gipersekretsiyasini chaqirmay neytrallaydi. Bundan tashqari, Maaloks® preparati qabul qilinganida meʼda shirasining rN ni oshishi, meʼda shirasidagi pepsinning faolligini pasayishiga olib keladi. Preparat shuningdek adsorbsiyalovchi va oʻrab oluvchi taʼsirga ega, ular tufayli qiziloʻngach va meʼdaning shilliq qavatiga shikastlovchi omillarning taʼsiri kamayadi.

Farmakokinetikasi

Magniy gidroksidi va alyuminiy gidroksidi mahalliy taʼsirga ega antatsidlar hisoblanadi. Kam soʻrilishi tufayli tizimli taʼsir koʻrsatmaydi.

 

Qoʻllanilishi

  • Meʼda va oʻn ikki barmoq ichakning zoʻrayish bosqichidagi yara kasalligi.
  • Oʻtkir gastroduodenit, zoʻrayish bosqichidagi normal yoki yuqori sekretor faoliyatli surunkali gastroduodenit.
  • Diafragmaning qiziloʻngach teshigini churrasi, reflyuks-ezofagit.
  • Diskomfort, gastralgiya, jigʻildon qaynashi (alkogol, kofe, nikotinni xaddan tashqari koʻp isteʼmol qilish, dorilarni qabul qilish, parhezdagi buzilishlari keyingi) kabi dispeptik holatlar.
  • Parhezdagi buzilishlar, spirtli ichimliklar, kofe, nikotin va hokazolarni haddan tashqari koʻp isteʼmol qilishdan keyingi diskomfort yoki epigastriyada ogʻriq, jigʻildon qaynashi, nordon kekirishda qoʻllanadi.

 

Qoʻllash usuli va dozalari

Ichga qoʻllanadi. Qoʻllashdan oldin flakonni chayqatish kerak.

Kattalar va 15 yoshdan oshgan oʻsmirlar: 15 ml (1 osh qoshiq) dan sutkada 3-4 marta ovqatdan keyin va kechasiga buyuriladi. Doza sutkada 6 osh qoshiqdan oshmasligi lozim.

Reflyuks-ezofagitda preparat ovqatdan keyin qisqa vaqtdan soʻng qabul qilinadi. Davolash kursi 2-3 oydan oshmasligi kerak. Epizodik qoʻllanganida (masalan, parhezdagi xatoliklardan keyingi diskomfortda) 15 ml dan bir marta qabul qilinadi.

Nojoʻya taʼsirlari

Tavsiya qilingan dozalash tartibiga rioya qilinganida nojoʻya samaralari kam uchraydi.

Nojoʻya taʼsirlarini rivojlanishining uchrash tez-tezligini belgilash uchun quyidagi Jahon Sogʻliqni Saqlash Tashkilotining tasnifi qoʻllaniladi:

  • kam tarqalgan: ≥0,1% va <1%;
  • tarqalish tez-tezligi nomaʼlum (keltirilgan maʼlumotlarga koʻra uchrash tez-tezligini baholash imkoniyati yoʻq).

Immun tizimi tomonidan buzilishlar

Uchrash tez-tezligi nomaʼlum: qichishish, eshakemi, angionevrotik shish va anafilaktik reaksiya kabi gipersezuvchanlik reaksiyalari.

Meʼda-ichak yoʻllari tizimi tomonidan buzilishlar

Tez-tez emas: qabziyat, diareya.

Moddalar almashinuvini va oziqlanishni buzilishlari

Uchrash tez-tezligi nomaʼlum: gipermagniyemiya, giperalyuminemiya, gipofosfatemiya (uzoq muddat qoʻllanganida yoki yuqori dozalarda qabul qilinganida, ayniqsa ovqatda fosfatlarning miqdori past boʻlsa), bu esa oʻz oʻrnida suyak toʻqimasining rezorbsiyasiga, giperkalsiuriya va osteomalyatsiyaga olib kelishi mumkin.

 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar

  • Ogʻir buyrak yetishmovchiligi;
  • Preparatning faol moddalariga va boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
  • Fruktozani oʻzlashtiraolmaslik (preparatning tarkibida sorbitol borligi tufayli).
  • 15 yoshgacha boʻlgan bolalar va oʻsmirlar.
  • Gipofosfatemiya.

Ehtiyotkorlik bilan

  • Alyuminiy gidroksidi qabziyatni rivojlanishiga olib kelishi mumkin, magniy tuzlarining dozasini oshirib yuborish ichak peristaltikasini susayishiga olib kelishi mumkin; yuqori xavfli guruh bemorlarda (buyrak yetishmovchiligi boʻlgan patsiyentlar, keksa yoshli bemorlar) preparatni yuqori dozalarda qabul qilish ichaklar obstruksiyasi va ichak tutilishini keltirib chiqarishi mumkin.
  • Alyuminiy gidroksidi meʼda-ichak yoʻllarida yomon soʻriladi, shuning uchun buyrak faoliyati normal boʻlgan bemorlarda kamdan-kam hollarda tizimli taʼsir etadi. Uzoq muddat davolash, preparatni haddan tashqari katta dozalarda qoʻllash yoki normal dozalarda ovqatda fosfatlarning miqdori past boʻlgan holatlar bilan birga qoʻllash (fosfat yetishmovchiligini rivojlanish xavfi), bu esa suyak toʻqimasini rezorbsiyasini va osteomalyatsiya xavfini rivojlantiruvchi giperkalsiyuriyani kuchaytirishi mumkin. Fosfat yetishmovchiligini rivojlanish xavfi boʻlgan bemorlarni davolashda yoki preparatni uzoq muddat davomida qoʻllashni albatta tibbiy kuzatuv ostida oʻtkazish kerak.
  • Buyrak yetishmovchiligida uzoq vaqt qabul qilinganida magniy va alyuminiyning plazmadagi konsentratsiyalari oshishi mumkin. Bu patsiyentlarda preparat yuqori dozalarda uzoq vaqt qoʻllanganida ensefalopatiya, demensiya, mikrotsitar anemiyasi yoki dializ orqali chaqirilgan osteomalyatsiyani chuqurlashishi rivojlanishi mumkin.
  • Gemodializdagi porfiriyasi boʻlgan patsiyentlarda; homiladorlik va emizish davrida (“Homiladorlik va emizish davrida qoʻllanilishi” ga qarang).
  • Alsgeymer kasalligida.

 

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

Xinidin bilan

Xinidin bilan bir vaqtda qoʻllanganida xinidinning zardobdagi konsentratsiyalarini oshishi va xinidinning dozasi oshirib yuborilishi mumkin.

N2-gistamin retseptorlarining blokatorlari, propranolol, atenolol, sefdinir, sefpodoksim, metoprolol, xloroxin, prostatsiklin, diflunisal, digoksin, bisfosfonatlar, etambutol, izoniazid, ftorxinolon, natriy ftoridi, glyukokortikosteroidlar (prednizolon va deksametazon uchun taʼriflangan), indometatsin, ketokonazol, linkozamidlar, fenotiazin neyroleptiklari, penitsillamin, rozuvastatin, temir tuzlari, levotiroksin

Maaloks® bilan bir vaqtda qabul qilinganida yuqorida keltirilgan preparatlarning meʼda-ichak yoʻllarida soʻrilishi pasayadi. Maaloks® preparati va bu preparatlarni qabul qilish orasidagi 2 soatlik interval va Maaloks®preparati bilan ftorxinolonlarni qabul qilish orasidagi 4 soatlik interval boʻlganida koʻpchilik hollarda ushbu noxush oʻzaro taʼsirga yoʻl qoʻyilmaslik mumkin.

Polistirolsulfonat (kayeksalat) bilan

Maaloks® preparatini polistirolsulfonat (kayeksalat) bilan bir vaqtda qabul qilinganida kaliyni qatron bilan bogʻlanish taʼsirini susayish ehtimoli borligi va buyrak yetishmovchiligi boʻlgan bemorlarda metabolik alkaloz rivojlanishi (alyuminiy gidroksid va magniy gidroksid uchun) hamda ichak obstruksiyasi (alyuminiy gidroksid uchun) rivojlanishini oldini olish maqsadida ehtiyotkorlik choralarini koʻrish lozim.

Sitratlar bilan

Alyuminiy gidroksidi sitratlar bilan bir vaqtda qoʻllanganida alyuminiyning plazmadagi konsentratsiyalari, ayniqsa buyrak yetishmovchiligi boʻlgan bemorlarda oshishi mumkin.

 

Maxsus koʻrsatmalar

Maaloks® preparati va boshqa preparatlarni qoʻllash orasidagi 2 soatlik intervalga va Maaloks® preparati va ftorxinolonlarni qabul qilish orasidagi intervalga rioya qilish kerak (“Dorilarning oʻzaro taʼsiri” qarang).

Buyrak faoliyatini buzilishlarida Maaloks® preparatini uzoq vaqt buyurishga yoʻl qoʻymaslik kerak.

Alyuminiy gidroksidi ovqatda fosfatlarning miqdori kam boʻlganida organizmda fosfat yetishmovchiligini rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun alyuminiy gidroxloridi qoʻllanganida fosfatlarni ovqat bilan yetarli miqdorda tushishini taʼminlash kerak.

Homiladorlik va laktatsiya davrida qoʻllanishi

Hayvonlarda alyuminiy gidroksidi va magniy gidroksidida teratogen samarani borligiga oid aniq koʻrsatmalar olinmagan. Maaloks® preparati homiladorlik vaqtida ishlatilganida hozirgi vaqtda xech qanday spetsifik teratogen samaralari aniqlanmagan, biroq, klinik tajribaning yetarli emasligi tufayli, uni homiladorlik vaqtida faqat, agarda ona uchun uni qoʻllashdan olinadigan potensial foyda, homila uchun potensial xavfdan ustun boʻlgandagina qoʻllash mumkin.

Yoʻriqnoma asosida qoʻllanilganda alyuminiy gidroksid va magniy tuzlarining majmuasini onada soʻrilishi chegaralangan, shunga koʻra Maaloks® preparatini qabul qilish vaqtida emizishni toʻxtatish talab qilinmaydi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati oʻtgach ishlatilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari

Alyuminiy gidroksidi va magniy tuzlarining majmuasining oʻtkir dozasini oshirib yuborish holatlarida diareya, qorindagi ogʻriq va qusish kabi simptomlari kuzatiladi.

Yuqori xavf guruhidagi bemorlarda preparatni yuqori dozalarini qoʻllash ichak obstruksiyasini yoki ichak tutilishini rivojlantirishi yoki chuqurlashtirishi mumkin (“Ehtiyotkorlik bilan” boʻlimiga qarang).

Davolash

Alyuminiy va magniy siydik orqali chiqariladi. Oʻtkir dozani oshirib yuborish holatlari yoʻqotilgan suyuqlikni oʻrnini toʻldirish va jadallashgan diurez yordamida davolanadi. Buyrak yetishmovchiligi boʻlgan patsiyentlar uchun gemodializ va peritoneal dializ oʻtkazish zaruriyati bor.

Chiqarilish shakli

Ichga qabul qilish uchun suspenziya.

250 ml dan preparat alyuminiy qopqoqchali toʻq shisha flakonda.

1 flakondan qoʻllash boʻyicha yoʻriqnoma bilan birga qogʻoz qutiga joylanadi.

Saqlash sharoiti

25S dan yuqori boʻlmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

2 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Retseptsiz.

 

19620cookie-checkMaaloks