02.05.2024

Tibbiyot24.uz

Tibbiyot Sayti

Ayollarda gormon terapiyasi . Menopauza paytida gormonal terapiya siydik yo’llari infektsiyasidan himoya qiladi.

Menopauza davrida gormonlarni almashtirish terapiyasini olgan ayollar siydikda mavjud bo’lgan mikroorganizmlarning xilma-xilligi tufayli siydik yo’llari infektsiyalariga kamroq moyil bo’ladi. Ushbu mavzu bo’yicha ma’ruza 2020 yil 17 iyuldan 19 iyulgacha onlayn tarzda bo’lib o’tgan Evropa Urologiya Assotsiatsiyasining 35-Virtual Konferentsiyasida taqdim etildi.

Ayollarning taxminan 50-60 foizi hayot davomida siydik yo’llari infektsiyasini (SYI) boshdan kechirishadi va ayollar erkaklarnikiga qaraganda 8 marta ko’proq siydik yo’llari infektsiyasidan aziyat chekishadi. SYIga moyillik ayolning menopauzaga kirishi bilan ortadi. Avval ko’rsatilgandek, inson siydigi steril emas va odatda ovqat hazm qilish kabi jarayonlarda ishtirok etadigan ko’plab patogen bo’lmagan mikroorganizmlarni o’z ichiga oladi. Endi Dallasdagi Texas universiteti dotsenti, doktor Nikol de Nisko boshchiligidagi tadqiqotchilar guruhi postmenopozal ayollar siydigidagi bakteriyalarning xilma-xilligi takroriy SYI va ularga sezuvchanlik bilan qanday bog’liqligini aniqlashga kirishdi.

Olimlar Dallas janubi-g’arbiy tibbiyot markazining urologiya klinikasiga tashrif buyurgan 75 postmenopozal ayolning siydigidan ajratilgan bakterial DNK namunalarini tahlil qilishdi. So’rovda qatnashuvchilar 25 kishidan iborat uchta teng guruhga bo’lingan:

  • hech qachon SYI bilan kasallanmagan ayollar;
  • o’tmishda takroriy infektsiyalari bo’lgan ayollar (yiliga 3 yoki undan ortiq infektsiya), ammo tadqiqot vaqtida sog’lom bo’lgan;
    o’tmishda takroriy infektsiyalarga duchor bo’lgan va hozirda
  • infektsiyalangan ayollar.

DNK tahlillari shuni ko’rsatdiki, sog’lom ayollarning siydiklarida takroriy SYI bilan kasallangan ayollarga qaraganda 10 baravar ko’proq turli xil bakteriyalar mavjud. Tadqiqot vaqtida 34 ayol gormonlarni o’rin bosuvchi terapiyasini (GO’BT) qabul qilgan – ularning siydiklarida laktobakteriyalar eng ko’p bo’lgan. Bu estrogen siydik yo’llarida laktobakteriyalarning o’sishini qo’llab-quvvatlayotganligini ko’rsatishi mumkin. Shu bilan birga, eng ko’p miqdordagi laktobakteriyalar GTni og’iz orqali yoki anal teshigi orqali qabul qilgan ayollarda, estrogenli vaginal kremni ishlatgan ishtirokchilarda kamroq topilgan.

Ma’lumki, laktobakteriyalar vaginal infektsiyalarga qarshi himoya rolini o’ynaydi, bu funktsiya siydik yo’llariga tarqalishi mumkin. Ushbu topilmalar tabiiy estrogenlari kamroq bo’lgan postmenopozal ayollarda SYI bilan kasallanish ehtimoli ko’proq ekanligi kuzatuviga mos keladi. Agar laktobakteriyalar siydik yo’llari infektsiyasidan himoya qilsa, ular asosida probiotiklarni ishlab chiqish antibiotik terapiyasidan qochishga yordam beradi. Olimlar estrogen terapiyasi, siydikdagi laktobakteriyalar miqdori va SYIning oldini olish o’rtasidagi sabab-oqibat munosabatlarini aniqlash uchun ko’proq tadqiqotlar o’tkazishni rejalashtirmoqda.

Энг сифатли қора седана ёғи капсуласи

🔹Кўпчиликнинг қийнайдиган гипертонияни олдини олишда;

🔹Қандли диабетга қарши курашишда;

🔹Ревматизм ва бўғим касалликларининг олдини олишда;

🔹Жигар ва буйрак муаммолардан халос этишда;

🔹Турли бактерия, вирус, шамоллаш ва гриппнинг олдини олишда;

🔹 Aллергия, инсон организмида яшаб, соғлом ривожланишга йўл қўймайдиган паразитлардан халос бўлишда;

🔹Иммунитетингизни бақувват қилиб, чарчоқ, ҳолсизлик, уйқусизлик ва ҳазим қилиш тизимини яхшилашда яқиндан кўмаклашади.

Боғланиш ва тўлиқ маълумот

Тел : +998 99 842 88 86

Телеграм : @al_hadaya_2

Расмий саҳифа : www.alhadaya.uz

40890cookie-checkAyollarda gormon terapiyasi . Menopauza paytida gormonal terapiya siydik yo’llari infektsiyasidan himoya qiladi.