02.05.2024

Tibbiyot24.uz

Tibbiyot Sayti

Pandemiya sharoitida qo’l yuvish qanchalik foyda beradi ? Qo’lni sovunlab yuvish koronavirus ( COVID-19, KOVID ) yuqishini oldini oladimi ?

Kuniga 6-10 marta muntazam qo’l yuvish mavsumiy koronavirus infektsiyasi xavfini kamaytirish bilan bog’liq. London universitet kolleji va London gigiena va tropik tibbiyot maktabi olimlari 20-may kuni Wellcome Open Research nashriga o‘z xulosalarini ma’lum qilishdi. Hozirgi COVID-19 pandemiyasi sharoitida qoʻl yuvishning himoya taʼsiri haqidagi maʼlumotlar juda muhim.

Statistik ma’lumotlar uchta qish mavsumida (2006-2007, 2007-2008, 2008-2009) o’tkazilgan uchta kohort tadqiqotidan olingan. Ularda jami 1633 nafar fuqaro ishtirok etgan bo‘lsa, ularning aksariyati (80 foizi) 16 yoshdan oshgan yoshlardir. Mavsumiy epidemiyalar paytida ishtirokchilar muntazam ravishda kundalik qo’l yuvish chastotasi haqida ma’lumot berib turdilar. Shuningdek, ular O’RVIning barcha holatlari haqida xabar berishdi. Ishtirokchilarda mavsumiy koronaviruslar bilan kasallanish burun tamponlarining PCR tahlili bilan tasdiqlangan.

Kundalik qo’l yuvish chastotasi past (kuniga 5 martagacha), o’rtacha (kuniga 6-10 marta) yoki yuqori (kuniga 10 martadan ortiq) deb tasniflangan. Ma’lum bo’lishicha, qo’l yuvishning o’rtacha chastotasi (kuniga 6-10 marta) past chastotaga (kuniga 5 martagacha) nisbatan koronavirus infektsiyasini yuqtirish xavfini 36 foizga kamaytiradi. Biroq, qo’l gigienasining yuqori darajasi (kuniga > 10 marta) infektsiya xavfining pasayishi bilan bog’liq emas.

Ushbu tadqiqot qo’llarni muntazam yuvish kabi asosiy gigiena odatlari mavsumiy koronavirus infektsiyasini yuqtirish shaxsiy xavfini sezilarli darajada kamaytiradigan birinchi empirik dalildir. Mavsumiy koronaviruslar va COVID-19 ning o‘xshash yuqish mexanizmlarini inobatga olgan holda, bu xulosalarni SARS-CoV-2 ga ekstrapolyatsiya qilish mumkin, deb aminlar olimlar.

Энг сифатли қора седана ёғи капсуласи

🔹Кўпчиликнинг қийнайдиган гипертонияни олдини олишда;

🔹Қандли диабетга қарши курашишда;

🔹Ревматизм ва бўғим касалликларининг олдини олишда;

🔹Жигар ва буйрак муаммолардан халос этишда;

🔹Турли бактерия, вирус, шамоллаш ва гриппнинг олдини олишда;

🔹 Aллергия, инсон организмида яшаб, соғлом ривожланишга йўл қўймайдиган паразитлардан халос бўлишда;

🔹Иммунитетингизни бақувват қилиб, чарчоқ, ҳолсизлик, уйқусизлик ва ҳазим қилиш тизимини яхшилашда яқиндан кўмаклашади.

Боғланиш ва тўлиқ маълумот

Тел : +998 99 842 88 86

Телеграм : @al_hadaya_2

Расмий саҳифа : www.alhadaya.uz

41670cookie-checkPandemiya sharoitida qo’l yuvish qanchalik foyda beradi ? Qo’lni sovunlab yuvish koronavirus ( COVID-19, KOVID ) yuqishini oldini oladimi ?