03.05.2024

Tibbiyot24.uz

Tibbiyot Sayti

Kyupen Yunior ( Qupen Unior ) suspenziya – isitma tushiruvchi vosita haqida ma’lumot.

QOʻLLASH BOʻYICHA YOʻRIQNOMA

KYUPЕN YUNIOR

QUPEN JUNIOR

 

Preparatning savdo nomi: Kyupen Yunior

Taʼsir etuvchi moddalar (XPN): paratsetamol, ibuprofen

Dori shakli: qandsiz peroral suspenziya

Tarkibi:

Har 5 ml suspenziya quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar:

ibuprofen BF                      100 mg;

paratsetamol BF                   162.5 mg;

aromatizatsiyalangan asos    q.s.

yordamchi moddalar: suvsiz kolloid kremniy, natriy benzoati, 70% li sorbitol eritmasi, ksantan kamedi, natriy metilparaben, natriy propilparaben, natriy xloridi, polisarbat – 80, dinatriy edetati, limon kislotasi, natriy saxarrin, sukraloza, glitserol, Pineapple Sweet aromatizatori.

Taʼrifi: toʻq sariq rangli suspenziya.

Farmakoterapevtik guruhi: analgetik-antipiretik

ATX kodi: N02DE51

 

Farmakodinamik xususiyatlari

Ibuprofen va paratsetamolni farmakologik taʼsiri ularni taʼsir mexanizmi va joyi boʻyicha farqlanadi. Oʻzaro toʻldiruvchi taʼsir mexanizmlari sinergik xisoblanadi, bu xar bir komponentini alohida taʼsiriga nisbatan, koʻproq antinotsisepsiya va antipiretik samaraga olib keladi.

Ibuprofen nosteroid yalligʻlanishga qarshi vosita xisoblanadi, uning taʼsiri siklooksigenaza-2 (SOX-2) izofermentini periferik ingibitsiya qilish va keyinchalik notsiseptiv nerv oxirlarining sezuvchanligini pasaytirishi bilan bogʻliq. Ibuprofenning isitma tushuruvchi samarasi gipotalamusda prostaglandinlar sintezini markaziy tormozlanishi bilan chaqiriladi. Ibuprofen trombotsitlar agregatsiyasini qayta ingibitsiya qiladi. Odamlarda ibuprofen yalligʻlanishda kuzatiladigan ogʻriq, shish va isitmani kamaytiradi.

Paratsetamol siklooksigenaza fermentini MNTda samaraliroq ingibitsiya qiladi. Paratsetamolning isitma tushuruvchi samarasi bevosita gipotalamusdagi prostaglandinlar, xususan, termoregulyatsiya markazining mediatorlari xisoblangan, Ye2 va Gʻ2 prostaglandinlar biosintezini tormozlanishi bilan bogʻliq.

Farmakokinetikasi

Ibuprofen meʼda-ichak yoʻllaridan yaxshi soʻriladi va plazma oqsillari bilan bogʻlanadi.

Ibuprofen sinovial suyuqlikka oʻtadi. Ibuprofen jigarda ikkita asosiy metabolitigacha metabolizmga uchraydi va metabolitlar koʻrinishida yoki asosiy konʼyugatlar koʻrinishida buyrak orqali birlamchi chiqariladi, shuningdek oʻzgarmagan ibuprofen koʻrinishida kam miqdorda chiqariladi. Buyrak orqali chiqarilishi tez va toʻliqdir. Yarim chiqarilish davri taxminan 2 soatni tashkil etadi.

Paratsetamol meʼda-ichak yoʻllaridan oson soʻriladi. Paratsetamol jigarda metabolizmga uchraydi va siydik bilan asosan glyukuronid va sulfat konʼyugatlari koʻrinishida va taxminan 10% glutation konʼyugatlari koʻrinishida chiqariladi. Paratsetamolning 5% dan kamroq qismi oʻzgarmagan xolda chiqariladi. Yarim chiqarilish davri 3 soatni tashkil etadi.

 

Qoʻllanilishi

Isitma, turli sohalarda joylashgan ogʻriqlar emlashdan keyingi isitma, tish ogʻrigʻi, infeksion yalligʻlanish va suyak-mushaklardagi ogʻriqlarni barcha turlari, shu jumladan sportdagi jaroxatlarni yengillashtirish uchun qoʻllanadi.

 

Qoʻllash usuli va dozalari

Ichga qabul qilinadi.

Bolalarga:

1 yoshgacha boʻlgan bolalarga                         1 choy qoshiqdan sutkada 3-4 marta.

1 yoshdan 5 yoshgacha boʻlgan bolalarga          2 choy qoshiqdan sutkada 3-4 marta.

5 yoshdan oshgan bolalarga                           4 choy qoshiqqacha sutkada 3-4 marta

yoki shifokorning koʻrsatmasi boʻyicha qabul qilinadi.

Suspenziyani qabul qilishdan oldin flakonni yaxshilab chayqating.

 

Nojoʻya taʼsirlari

Oʻta yuqori sezuvchanlik, meʼda va 12-barmoq ichak yara kasalligini zoʻrayish bosqichi yoki meʼda-ichak yoʻllaridan qon ketishlar, pankreatit, teri toshmalari, koʻngil aynishi, qusish, epigastral soxada diskomfort, bosh aylanishi va boshqa allergik reaksiyalar kuzatilishi mumkin. Dori vositasi bekor qilingandan soʻng nojoʻya reaksiyalarning simptomlari (agar ular boʻlsa) kamayishi kerak. Agar simptomlari yoʻqolmasa, shifokorga murojaat qiling.

 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan xolatlar

Ushbu preparatni quyidagi holatlarda qoʻllash mumkin emas:

  • NYAQV, ibuprofen, paratsetamol yoki preparatning har qanday boshqa komponentlariga maʼlum oʻta yuqori sezuvchanligi boʻlgan patsiyentlarga.
  • anamnezida atsetilsalitsil kislotasi yoki boshqa nosteroid yalligʻlanishga qarshi preparatlar (NYAQV) ni qabul qilish bilan bogʻliq boʻlgan oʻta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari (masalan, bronxospazm, angioedema, astma, rinitlar va eshakemi) boʻlgan patsiyentlarga.
  • anamnezida meʼda-ichak yarasi/perforatsiyasi yoki qon ketishlari boʻlgan, jumladan NYAQV qabul qilish bilan bogʻliq boʻlgan patsiyentlarga;
  • qon ivishini buzilishlari boʻlgan patsiyentlarga.
  • jiddiy jigar, buyrak yoki yurak kasalliklari boʻlgan patsiyentlarga.
  • nojoʻya reaksiyalarni rivojlanish xavfi yuqori boʻlganligi tufayli, tarkibida NYAQV saqlovchi boshqa vositalar, shu jumladan siklooksigenaza-2 (COX-2) spetsifik ingibitorlari bilan va atsetilsalitsil kislotasini kuniga 75 mg dan koʻproq dozasi bir vaqtda qoʻllanganda.
  • jiddiy nojoʻya reaksiyalarni rivojlanish xavfi yuqori boʻlganligi tufayli, tarkibida paratsetamol saqlovchi boshqa vositalar bilan bir vaqtda qoʻllanganida.
  • oʻpka gipertenziyasini rivojlanishi xavfi bilan kechuvchi homilada arterial yoʻlini muddatidan oldin yopilish xavfi tufayli, homiladorlikni oxirgi uch oyligi davomida qoʻllash mumkin emas.

 

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

Tarkibida ibuprofen va paratsetamol saqlovchi vositalar gipotenziv preparatlar, diuretiklar, siklosporinlar, kortikosteroidlar, antikoagulyantlar, xloramfenikol va varfarin bilan ehtiyotkorlik bilan qoʻllash kerak.

 

Maxsus koʻrsatmalar

Jigar va buyrak funksiyasini buzilishlari boʻlgan patsiyentlarda qoʻllaganida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Oʻramidagi yaroqlilik muddatini tekshiring.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati oʻtgach qoʻllanilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Paratsetamol

Kattalarda jigarni shikastlanishi paratsetamolni 10 g va undan koʻproq qabul qilinganida kuzatilishi mumkin. Agar patsiyent karbamazepin, fenobarbital, fenitoin, primidon, rifampitsin yoki jigar fermentlarini induksiya qiladigan boshqa preparatlar bilan uzoq davolanganda yoki etanolni haddan tashqari koʻproq dozalarda qoʻllanganda, paratsetamol 5 g va undan katta dozalarda qabul qilinganida jigarni shikastlanishiga olib kelishi mumkin.

Doza oshirib yuborilgandan keyin 1 soat davomida faollashtirilgan koʻmir bilan davolash oʻtkazish kerak.

Ibuprofen.

Dozani oshirib yuborilishi: koʻngil aynishi, qusish, epigastral soxada ogʻriq, kam hollarda ich ketishi, bosh ogʻrigʻi va meʼda-ichakdan qon ketishlar kabi simptomlarni chaqirishi mumkin.

Davolash simptomatik va bir maromda tutib turuvchi boʻlishi kerak va nafas yoʻllarining oʻtkazuvchanligini tutib turishi va yurak monitoringi va xayot uchun muhim funksiyalarni stabil darajada tutib turishni oʻz ichiga oladi.

 

Chiqarilish shakli

Ichga qabul qilish uchun suspenziya 60 ml dan oʻlchov stakanchasi bilan komplektda (flakonda).

 

Saqlash sharoiti

Quruq, yorugʻlikdan himoyalangan joyda, 25ºC dan yuqori boʻlmagan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

3 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Retsept boʻyicha.

 

51700cookie-checkKyupen Yunior ( Qupen Unior ) suspenziya – isitma tushiruvchi vosita haqida ma’lumot.