03.05.2024

Tibbiyot24.uz

Tibbiyot Sayti

Sitramon


ILOVA–VARAQA
(patsiyent uchun maʼlumot)
SITRAMON-BORIMЕD
Цитрамон боримед 
Preparatning savdo nomi: Sitramon –Borimed.
Chiqarilish shakli: tabletkalar.
Tarkibi:
Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:
faol moddalar: atsetilsalitsil kislotasi – 220 mg, paratsetamol – 200 mg, kofein – 27 mg, yordamchi moddalar: kakao, ozuqaviy limon kislotasi monogidrati, kartoshka kraxmali, talk, stearin kislotasi.
Taʼrifi: oq dogʻlari boʻlgan och-jigarrang rangli, yassi yuzali, riska va faskali tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi: Ogʻriq qoldiruvchi va isitmani tushiruvchi boshqa vositalar. Salitsil kislotasi va uning hosilalari. Asetilsalitsil kislotasi boshqa preparatlar bilan majmuada, psixolitiklardan tashqari.
ATX kodi: N02BA51.
 
Qoʻllanilishi
Kuchsiz va oʻrta yaqqollikdagi ogʻriq sindromi: bosh ogʻrigʻi, migren, tish ogʻrigʻi, nevralgiya, mialgiya, artralgiya, algodismenoreya.
Turli etiologilli isitma sindromida (isitmani tushiruvchi sifatida) qoʻllaniladi.
 
Qoʻllash usuli va dozalari
Dori vositasini qoʻllashdan avval davolovchi shifokor bilan maslahatlashing.
Ovqat qabullari orasida yoki ovqatdan keyin darhol ichga qabul qilinadi.
Kattalar va 15 yoshdan oshgan bolalarga 1 tabletka dozada kuniga 2-3 marta buyuriladi. Preparatning qabullari orasidagi tanaffus kamida 6-8 soatni tashkil qilish kerak. Maksimal bir martalik doza – 2 tabletka, maksimal sutkalik doza 4 – tabletka.
Isitmani tushiruvchi vosita sifatida tana harorati 38,50S dan yuqori boʻlganida (anamnezdagi 37,50S dan yuqori haroratda – febril tirishishlari boʻlgan patsiyentlarda) 1-2 tabletka dozada buyuriladi.
Ogʻriqni qoldiruvchi vosita sifatida qoʻllash davomiyligi 5 kundan, isitmani tushiruvchi vosita sifatida – 3 kundan oshmasligi kerak.
Davolash kursini tavsiya etilganidan uzoqroq davom ettirish zarurati boʻlsa, albatta davolovchi shifokor bilan maslahatlashing!
 
Nojoʻya taʼsirlari
Immun tizimi tomonidan: oʻta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari, shu jumladan anafilaksiya, anafilaktik shok, rinit, burunni bitishi.
Teri va teri osti klechatkasi tomonidan: qichishish, teri va shilliq qavatlarda toshmalar, shu jumladan eritematoz toshmalar, eshakemi, angionevrotik shish, koʻp shaklli ekssudativ eritema, Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz.
Meʼda-ichak yoʻllari (MIY) tomonidan: dispepsik buzilishlar, shu jumladan koʻngil aynishi, qusish, epigastriyda diskomfort va ogʻriqlar, jigʻildon qaynashi, qorinda ogʻriq, MIY yalligʻlanishi, MIY ning eroziv yarali shikastlanishlari, alohida hollarda meʼda-ichakdan qon ketish va perforatsiya.
Gepatobiliar tizimi tomonidan: jigar fermentlarining faolligini oshishi, gepatonekroz (dozaga bogʻliq samara).
Endokrin buzilishlar: gipoglikemik komagacha gipoglikemiya.
Nevrologik buzilishlar: bosh ogʻrigʻi, bosh aylanishi, tremor, paresteziyalar, qoʻrquv hissi, bezovtalik, qoʻzgʻaluvchanlik, taʼsirchanlik, uyquni buzilishi, uyqusizlik, xavotirlik, umumiy holsizlik, quloqlarda shangʻillash.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: taxikardiya, yurakni urishini his qilish, arterial gipertenziya.
Qon va limfatik tizim tomonidan: anemiya, sulfatgemoglobinemiya va metgemoglobinemiya (sianoz, hansirash, yurak sohasida ogʻriqlar), gemolitik anemiya, qon ketishlarni rivojlanish xavfi oshishi mumkin.
Siydik-chiqarish tizimi tomonidan: interstitsial nefrit, papillyar nekroz, nefrotik sindrom, buyrak yetishmovchiligi (uzoq vaqt qoʻllanganda).
Boshqalar: qon ketishlar oʻtkir va surunkali postgemorratik anemiyalar temir tanqisligi anemiyasiga (asteniya, teri qoplamalarini oqarishi, gipoperfuziya; oʻpkaning kardiogen boʻlmagan shishi) olib kelishi mumkin.
 
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar

  • preparatning komponentlariga, ksantinning boshqa hosilalariga (teofillin, teobromin), boshqa salitsilatlarga yuqori sezuvchanlik;
  • anamnezida atsetilsalitsil kislotasi yoki boshqa nosteroid yalligʻlanishga qarshi (NYAQV) vositalarni qabul qilish chaqirgan bronxial astma, eshakemi yoki oʻtkir rinit;
  • tugʻma giperbilirubinemiya; xavfsiz giperubilirubinemiyada (shu jumladan Jilbera sindromi, virusli gepatit, jigarni alkogolli shikastlanishi); glyukozo-6-fosfatdegidrogenaza tanqisligi; qon kasalliklari, leykopeniya, anemiya;
  • zoʻrayish bosqichidagi meʼda va oʻn ikki barmoq ichakning yara kasalligi; meʼda-ichakdan qon ketishi (shu jumladan anamnezidagi); gemorragik diatezlar, gemofiliya, gipoprotrombinemiya; koʻp qon ketish bilan kechuvchi jarroxlik aralashuvlari; K vitaminining tanqisligi;
  • buyrak va jigar yetishmovchiligi; portal gipertenziya;
  • podagra; glaukoma;
  • ogʻir yurak-qon tomir kasalliklari, shu jumladan ritmni buzilishi, yaqqol ateroskleroz, yurakni ogʻir shakldagi ishemik kasalligi, yaqqol yurak yetishmovchiligi, yaqqol arterial gipertenziya;
  • yuqori qoʻzgʻaluvchanlik holati, uyquni buzilishi; tutqanoq va tirishish xurujlarga moyillik;
  • alkogolizm;
  • monoaminooksidaza (MAO) ingibitorlarini bir vaqtda qoʻllash (va ularni bekor qilgandan keyin 2 hafta);
  • haftada 15 mg va undan yuqori dozadagi metotreksat bilan majmuada;
  • keksalar; 18 yoshgacha boʻlgan bolalar, homiladorlik, laktatsiya darida qoʻllash mumkin emas.

 
Dorilarning oʻzaro taʼsiri
Qoʻllash mumkin boʻlmagan majmualar:
Metotreksat – haftada 15 mg va undan ortiq.
MAO ingibitorlari – arterial bosimini xavfli oshishi kuzatilishi mumkin.
Ehtiyotkorlik bilan qoʻllash lozim boʻlgan majmualar:
Paratsetamol: antidepressantlar – ogʻir intoksikatsiyalarni rivojlanishi kelib chiqishi mumkin. Metoklopromid va domperidon, paratsetamolni soʻrilishi tezligini oshiradi, xolestiramin esa kamaytiradi. Diuretiklarni samarasini kamaytiradi. Kumarin hosilalari (varfarin) davomli qoʻllanganda qon ketishlari rivojlanish xavfini oshiradi. Paratsetamolni taʼsiri ostida xloramfenikolni chiqarilishini sekinlashtiradi.
Kofein: simetidin, gormonal kontratseptivlar, izoniazid kofeinni taʼsirini kuchaytiradi. Kofein opiodid analgetiklar, anksiolitiklar, uxlatuvchi va sedativ vositalarni, narkoz uchun vositalar va markaziy nerv tizimini adenozinni, adenozintrifosfatni susaytiruvchi boshqa preparatlarni samarasini kamaytiradi. Meʼda-ichak yoʻllaridan ergotamin soʻrilishini yaxshilaydi, tireotrop vositalarni samarasini oshiradi. Qonda litiy konsentratsiyasini pasaytiradi. Kofein analgetik-antipiretiklar samarasini ksantin hosilalari, λ va β adrenomimetiklar, psixostimulyatsiyalovchi vositalar samarasini oshiradi.
Asetilsalitsil kislotasi: siydik kislotasini chiqaruvchi vositalar-benzobromaron, probenitsid bilan bir vaqtda qoʻllash ularni samarasini kamaytiradi. Digoksinning konsentratsiyasini oshiradi. AAF ingibitorlarining samarasini susaytiradi. Serotoninni qayta qamrab olinishining selektiv ingibitorlari qon ketish xavfini oshiradi. Valproat kislotasi bilan bir vaqtda qoʻllanganda uning toksikligi oshadi.
Preparat qon ivishini va trombotsitlar agregatsiyasini kamaytiruvchi vositalarni taʼsirini, kortikosteroidlar, sulfonilmochevina, metotreksatni nojoʻya taʼsirini kuchaytiradi. Barbituratlar, tirishishga qarshi vositalar, salitsilatlar, rifampitsin, alkogol bilan majmuada qoʻllashdan saqlanish lozim.
 
Maxsus koʻrsatmalar
Davolashni boshlashdan avval shifokor bilan maslahatlashing!
Davolash vaqtida alkogolni isteʼmol qilish mumkin emas. Dori vositasini davomli qoʻllash qaramlikni shakllanishiga olib keladi.
Rejalashtirilgan jarrohlik aralashuvlardan 5-7 kun avval dori vositasini qabul qilishni toʻxtatish zarur.
 
Ehtiyotkorlik choralari
Sitramon-Borimedni paratsetamol, atsetilsalitsil kislotasi saqlovchi boshqa vositalar bilan birga qoʻllash tavsiya etilmaydi. Tavsiya etilgan dozani va qoʻllash davomiyligini oshirish mumkin emas.
Anamnezida meʼda-ichak yaralarida, shu jumladan meʼda va oʻn ikki barmoqli ichakning surunkali yoki qaytalanuvchi yara kasalligi yoki anamnezida meʼda-ichakdan qon ketishida va antikoagulyantlarni bir vaqtda qoʻllanganda, buyrak va/yoki jigar faoliyatini buzilishida preparatni ehtiyotkorlik bilan qoʻllash lozim.
Jigar kasalligi mavjud boʻlganda paratsetamol tomonidan jigarni shikastlanish xavfi oshadi. Dozani oshirib yuborilish xavfi jigarni alkogolli shikastlanishlari boʻlgan patsiyentlarda yuqori boʻladi. Preparat bilan davolanish vaqtida kofein saqlovchi ichimliklar (kofe, choy) ni haddan ziyod miqdorda qabul qilish tavsiya etilmaydi. Bu uyquni buzilishi, tremor zoʻriqish hissi, taʼsirchanlik, toʻsh ortida nohush hislarni chaqiruvchi yurakni urishini chaqirishi mumkin.
Preparatni qabul qilish vaqtida alkogolni isʼtemol qilishdan saqlanish lozim (meʼda-ichakdan qon ketishi va jigarni toksik shikastlanishi xavfi).
Asetilsalitsil kislotasi moyilligi boʻlgan patsiyentlarda podagraning oʻtkir xurujiga sabab boʻlishi mumkin.
Asetilsalitsil kislotasi bronxospazm, bronxial astma xuruji yoki yuqori sezuvchanlikning boshqa reaksiyalarini chaqirishi mumkin. Xavf omillari: anamnezda bronxial astma, pichan isitmasi, burun polipozi, bronx-oʻpka kasalligi, anamnezida allergiya.
Asetilsalitsil kislotasi qon ivishini sekinlashtiradi va qabul qilgandan keyin yana bir necha kun samarasi saqlanadi. Buni jarroxlik aralashuvlarida, tishlarni olish zarurati boʻlganda hisobga olish lozim.
Glyukozo-6-fosfatdegidrogenaza tanqisligi boʻlgan patsiyentlarga atsetilsalitsil kislotasi gemoliz yoki gemolitik anemiyani chaqirishi mumkin.
Gemoxromatoz, talassemiya, shuningdek nefrolitiaz yoki qaytalanuvchi nefrolitiazi boʻlgan patsiyentlarda Sitramon-Borimedni qoʻllashda ehtiyotkorlikka rioya qilish zarur.
Homiladorlik va emizish davrida qoʻllanilishi
Sitramon-Borimedni homiladorlik va laktatsiya davrida qoʻllash mumkin emas.
Bolalarda qoʻllanilishi. Preparatni bolalarda qoʻllash mumkin emas.
Avtotransportni yoki boshqa mexanizmlarni boshqarishda reaksiya tezligiga taʼsir qilish qobiliyati
Preparatni yuqori dozalarini qabul qilganda nerv tizimi tomonidan nojoʻya reaksiyalarni (bosh aylanishi, yuqori qoʻzgʻaluvchanlik, oriyentatsiyani va diqqatni buzilishi) kelib chiqishi tufayli avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashdan saqlanishi lozim.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati oʻtgach qoʻllanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari: paratsetamolni kattalarda 10 g va undan ortiq va bolalarda preparatni tana 150 mg/kg dan koʻp miqdorda qoʻllanganda jigarni shikastlanishi kelib chiqishi mumkin. Birinchi 24 soatda: oqarish, koʻngil aynishi, qusish, anoreksiya va bosh ogʻrigʻi, gepatonekroz, “jigar” transaminazalari faolligini oshishi, protrombin indeksini oshishi kuzatiladi. Jigarni shikastlanishi preparatni haddan ziyod dozasini qabul qilgandan keyin 12-48 soatdan keyin namoyon boʻladi. Glyukozani metabolizmini buzilishi va metabolik atsidoz kelib chiqishi mumkin. Ogʻir zaharlanishda jigar yetishmovchiligi ensefalopatiya, koma va letal holatiga olib kelishi mumkin. Ogʻir buyrak yetishmovchiligi naychalarni oʻtkir nekrozi bilan bilan birga hatto buyrakni ogʻir shikastlanishlar mavjud boʻlmaganda ham rivojlanish mumkin. Yuqori dozalarni uzoq muddat qoʻllanganda aplastik anemiya, trombotsitopeniya, pansitopeniya, agranulotsitoz, neytropeniya, leykopeniya rivojlanishi mumkin.
Kofein bilan dozani oshirib yuborilishi simptomlari. Kofeinni yuqori dozalari epigastral sohada ogʻriq qusish, diurez, nafas faoliyatini tezlashishi, ekstrasistoliya, taxikardiya yoki yurak aritmiyasini chaqirishi mumkin, markaziy nerv tizimiga taʼsir koʻrsatishi mumkin (bosh aylanishi, uyqusizlik, nerv qoʻzgʻaluvchanligi, taʼsirchanlik, affekt holati, xavotirlik, tremor, tirishishlar).
Asetilsalitsil kislotasi bilan dozani oshirib yuborilishi. Muvozanatni buzilishi, bosh aylanishi, quloqlarda shangʻillash, karlik, koʻp terlash, koʻngil aynishi va qusish, bosh ogʻrigʻi, ongni chalkashishi. Koʻrsatilgan simptomlarni dozani kamaytirish bilan nazorat qilish mumkin. Kislota ishqor muvozanatini yaqqol oʻzgarishi oʻtkir intoksikatsiyadan guvohlik beradi.
Davolash: dori vositasini bekor qilish, faollashtirilgan koʻmir bilan meʼdani yuvish va tuzli surgi vositalarini (magniy sulfati) buyurish.
Antigistamin vositalar va glyukokortikosteroidlarni ishlatish mumkin emas! Zaharlanishni simptomlari paydo boʻlganda, dori vositasini qabul qilishni darhol toʻxtatish va shifokorga murojaat qilish lozim.
 
Chiqarilish shakli
Kontur-uyali oʻramda №10, oʻramda №10×1, №10×2, №10×3, №10×5.
Kontur-uyasiz oʻramda №6, oʻramda №6×1.
Statsionarlar uchun:
Kontur-uyali oʻramda №10, oʻramda №10×300.
Kontur-uyasiz oʻramda №6, oʻramda №6×750.
 
Saqlash sharoiti
Yorugʻlikdan va namlikdan ximoyalangan joyda, 25oS dan yuqori boʻlmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
4 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
 

19460cookie-checkSitramon