04.05.2024

Tibbiyot24.uz

Tibbiyot Sayti

Sinepar kid

QOʻLLASH BOʻYICHA YOʻRIQNOMA

SINЕPAR® KID

Цинепар КИД

CINEPAR® KID

Preparatning savdo nomi: Sinepar® Kid

Taʼsir etuvchi moddalar (XPN): paratsetamol, ibuprofen

Dori shakli: ichga qabul qilish uchun suspenziya

Tarkibi:

Har 5 ml suspenziya quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 162,5 mg paratsetamol BF, 100mg ibuprofen BF.

yordamchi moddalar: povidon K-30, sukroza, metilparaben, propilparaben, ksantan yelimi, suvsiz kolloidli kremniy dioksidi (aerosil), benzoat natriy, natriy saxari, polisorbat 80, sitrat kaliy, sorbitol, natriy adedati, boʻyovchi “sariq shafaq” , “shirin apelsin” aromatizator, tozalangan suv.

Taʼrifi: toʻq sariq rangli suspenziya

Farmakoterapevtik guruhi: analgetiklar va antipiretiklar.

ATX kodi: M01AЕ51

Farmakologik hususiyatlari

Sinepar® Kid suspenziyasining tarkibiga kiruvchi paratsetamol asosan markaziy nerv tizimida (MNT) siklooksigenazani ingibitsiya qiladi. Paratsetamolning isitmani tushiruvchi hususiyati asosan gipotalamusda bevosita prostaglandin, ayniqsa termoregulyatsiya markazi mediatorlari Ye2 va F2 prostaglandinlarining biosintezini susaytirishi bilan bogʻliqdir. Ibuprofenning analgetik va isitmani tushiruvchi xususiyatlariga qoʻshimcha ravishda sezilarli daradajada yalligʻlanishga qarshi taʼsirlarga ega. Ibuprofen siklooksigenaza fermentining samarali ingibitori hisoblanadi, bu ogʻriq patogenezida va yalligʻlanishda qatnashgan prostaglandinlar sintezini sezilarli darajada bostirilishiga olib keladi.

Farmakokinetikasi

Sinepar® Kid suspenziyasini tarkibiga kiruvchi paratsetamol meʼda-ichak yoʻllaridan tez soʻriladi va qon plazmasidagi choʻqqi konsentratsiyasiga preparat qabul qilingandan soʻng 10-60 minutdan keyin erishiladi. Paratsetamol organizmning koʻpincha suyuq muhitlarida teng taqsimlanadi. Asosan jigarda metabolizmga uchraydi va siydik bilan chiqariladi.  Paratsetamolning yarim chiqarilish davri 1-3 soatni tashkil etadi. Sinepar® Kid suspenziyasining tarkibiga kiruvchi ibuprofen meʼda-ichak yoʻllaridan tez soʻriladi va uning qon plazmasidagi choʻqqi konsentratsiyasiga, preparat qabul qilingandan soʻng 1-2 soatdan keyin erishiladi. Ibuprofen plazma oqsillari bilan yaxshi bogʻlanadi. Asosan siydik bilan metabolitlar va ularning konyugatlari koʻrinishida tez chiqariladi.

 

Qoʻllanishi

Sinepar® Kid suspenziyasi isitma, shamollash va gripp, tish ogʻrigʻi kabi yengildan oʻrtacha darajagacha boʻlgan ogʻriqlarni kamayishi, tishlarni ogʻriqli yorib chiqishi, oʻrta quloq yalligʻlanishdagi quloq ogʻriqlari, barcha turdagi skelet-mushak ogʻriqlari, jumladan sportdagi jarohatlar, lat yeyishdagi ogʻriqlar, operatsiyadan keyingi ogʻriqlar, butun tanada qaqshash va ogʻriq, emlashdan keyingi infeksion yalligʻlanish va isitmalash (isitma) da qoʻllanadi.

 

Qoʻllash usuli va dozalari

Qoʻllashdan oldin chayqatilsin.

6 yoshdan 12 yoshgacha boʻlgan bolalar: 10 ml dan 15 ml gacha kuniga 3 marta;

4 yoshdan 6 yoshgacha: 5 ml dan 10 ml gacha kuniga 3 marta;

1 yoshdan 4 yoshgacha: 5 ml dan kuniga 3 marta;

6 oylikdan 1 yoshgacha: 2,5 ml dan 5 ml gacha kunnga 3 marta yoki shifokor koʻrsatmasi boʻyicha buyuriladi.

 

Nojoʻya taʼsirlari

Oʻta yuqori sezuvchanlik, peptik yara yoki meʼda-ichakdan qon ketishlari, teri toshmalari, koʻngil aynishi, qusish, epigastral sohada diskomfort, bosh aylanishi, baʼzan turli xil allergik reaksiyalar paydo boʻlishi mumkin. Nojoʻya reaksiyalarning simptomlari odatda preparatni qabul qilish toʻxtatilganda yoʻqoladi. Simptomlar davom etganda shifokorga murojaat etish kerak.

 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik, bronxospazm, astma, meʼdani yara kasalligi va meʼda-ichak qon ketishlari, buyrak funksiyasini buzilishi, gipertoniyada qoʻllash mumkin emas.

Dorilarni oʻzaro taʼsiri

Preparatni antigipertenziv vositalar, diuretiklar, siklosporin qatori preparatlari, kortikosteroidlar, antikoagulyantlar, xloramfenikol va varfarinlar bilan birga ehtiyotkorlikka rioya qilgan holda qoʻllash kerak.

 

Maxsus koʻrsatmalar

Preparat buyrak va jigar funksiyasini jiddiy buzilishi boʻlgan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati oʻtgach qoʻllanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Paratsetomol:

Paratsetamolni 10 g yoki undan koʻprok qabul qilinganda kattalarda jigar shiskastlashi mumkin. Uzoq vaqt karbamazepin, fenobarbiton, fenitoin, primidon, rifampitsin yoki jigar fermentlarini ragʻbatlantiruvchi boshqa preparatlar qabul qiluvchi patsiyentlarda, yoki alkogolni meʼyoridan ortiq muntazam isteʼmol qiluvchi patsiyentlarda paratsetamolni 5 g dan yoki undan koʻproq qabul qilinganda jigar shikastlanishi mumkin.

Preparat qabul qilingandan keyin bir soat davomida faollashtirilgan koʻmir bilan davolash asoslangan.

Ibuprofen:

Dozani oshirib yuborilishi koʻngil aynishi, qusish, epigastral sohada ogʻriqlar yoki kam hollarda diareya boʻlishi, bosh ogʻrigʻi, meʼda-ichak qon ketishlari kabi simptomlar bilan kechishi mumkin.

 

Chiqarilish shakli

60 ml qahrabo rangli plastik butilkada dozani oʻlchash tizimi (oʻlchov qoshigʻi) va qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

 

Saqlash sharoiti

Qorongʻi va quruq joyda, 250S dan past haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Retsept boʻyicha

 

22940cookie-checkSinepar kid