26.04.2024

Tibbiyot24.uz

Tibbiyot Sayti

Oshqozon og’riganda nima qilish kerak ?

Oshqozon kechki payt yoki band bo‘lgan ish kunining o‘rtasida og‘riydi. Og‘riq diqqatni jamlashga imkon bermaydi, ishlash va dam olishga xalaqit beradi. Noqulaylikni bartaraf etishning bir necha yo‘li mavjud. Quyidagi oddiy tavsiyalar shifokor qabuliga borishdan oldin holatni biroz yaxshilashga yordam beradi, deb yozadi Wday nashri.

Nega oshqozonda og‘riq paydo bo‘ladi?

Oshqozondagi og‘riq oshqozon buzilishining natijasidir. Ammo og‘riq qoldiruvchi vosita qabul qilishdan oldin vaziyatni tahlil qilish lozim. Dastlab, og‘riq kelib chiqishining sababini aniqlash zarur.

Oshqozon og‘rig‘iga sabab bo‘ladigan omillar:

  • ovqat hazm qilishning buzilishi. Bu oziq-ovqat allergiyalari, oshqozon yarasi, qalqonsimon bez kasalliklari va psixologik stress bilan qo‘zg‘alishi mumkin;
  • ortiqcha ovqatlanish;
  • ichak disbakteriozi;
  • ba’zi mahsulot va ichimliklar: misol uchun, chipslar, kola, spirtli ichimlik va pishmagan mevalar;
  • suvsizlanish;
  • sifatsiz mahsulotlar yoki kimyoviy moddalar bilan zaharlanish.

Bularga qo‘shimcha ravishda, oshqozon bilan bog‘liq bo‘lmagan sabablar mavjud. Yurak xuruji, pnevmoniya yoki siqilgan nervlar ham oshqozon sohasida og‘riq belgilariga olib kelishi mumkin. Og‘riq vaqt o‘tishi bilan kuchaysa, darhol tez yordam chaqirish lozim.

Oshqozon og‘riganida nima qilish kerak?

Kasallikning sababini hisobga olgan holda davo choralari qo‘llanadi. Turg‘unlik tuyg‘usi, chirigan tuxum hidi va ishtahasizlik ovqat hazm qilish buzilishining belgisidir. Og‘riq, shish va ko‘ngil aynishi bilan birga kuzatiladi — bu ortiqcha ovqatlanishning oqibatlari bo‘lib, diareya, kolik, qayt qilish disbakterioz yoki zaharlanishni ko‘rsatadi.

Oshqozon og‘riganda quyidagi ko‘rsatmalarga amal qilish kerak:

  • yangi sabzini qirg‘ichdan o‘tkazib, 2-3 osh qoshiq iste’mol qilinadi. Bu chora jig‘ildon qaynashida samarali;
  • bir juft petrushka iste’mol qilinadi. Shifo beruvchi ko‘katlar nordon maza hamda noqulaylik uchun yaxshi;
  • bir choy qoshiq asal va limon sharbati bir stakan iliq suvda suyultiriladi. Oshqozonda kislotalilik past bo‘lsa yoki ortiqcha ovqatlanish bilan zararlanganda ichiladi;
  • yangi zanjabil ildizi maydalanib, bir stakan issiq suv quyiladi, asal bilan aralashtiriladi. Ortiqcha ovqatlanish, shish va disbakteriozda ichiladi;
  • bir stakan sut qizdiriladi. Kichik qultumlarda ichiladi. Bu ta’sirlangan shilliq pardalarni tinchlantiradi, jig‘ildon qaynashi va og‘irlik tuyg‘usini yengillashtiradi;
  • 100 gramm guruch 2 stakan suvda yumshoq bo‘lguncha qaynatib olinib, elakdan o‘tkaziladi. Suyuqlik biroz sovigach, asal bilan aralashtiriladi. Bu usul diareya hamda kolikda samarali;
  • uyda davolanishning har qanday usuli ochlik bilan birlashganda samarali bo‘ladi. 5-10 soat davomida ovqatdan voz kechish tavsiya etiladi. Ko‘p miqdorda toza suv, choy yoki moychechak qaynatmasi ichiladi.

Oshqozon og‘rig‘ining eng keng tarqalgan sabablaridan biri oshqozon shilliq qavati yallig‘lanishi yoki gastritdir. Agar og‘riq stress yoki noto‘g‘ri ovqatlanish tufayli kuchaygan bo‘lsa, ratsionni qayta ko‘rib chiqish lozim.

Kuniga 4-5 marta ovqatlanish kerak, yaxshisi bir vaqtning o‘zida, yaxshilab chaynash va hech qanday holatda ortiqcha ovqatlanmaslik kerak. Ovqatlanish oralig‘ida gazak qilmaslik va faqat suv yoki shakarsiz choy ichish mumkin.

Kasallik kuchayishi bilan menyudan quyidagi mahsulotlarni chiqarib tashlash lozim: qahva, yangi siqilgan va qadoqlangan sharbatlar, gazli ichimliklar, sitrus mevalar, barcha kislotali meva va rezavorlar, xamir ovqatlar, non, konserva, kolbasa va baliq, yog‘li go‘sht va barcha fermentlangan sut mahsulotlari.

Qaymoqli sho‘rvalar, quritilgan non, quruq pechenye, pechda pishirilgan sabzavotlar, kletchatkasiz mevalar, shirin rezavorlardan tayyorlangan kompotlar, kam yog‘li go‘sht, baliq va dengiz mahsulotlari foydalidir. Shuningdek, gastritda o‘z-o‘zini davolash bilan tajriba o‘tkazmaslik, balki terapiya uchun shifokor bilan maslahatlashish kerak.

67080cookie-checkOshqozon og’riganda nima qilish kerak ?