05.05.2024

Tibbiyot24.uz

Tibbiyot Sayti

Tirnoqlar et ichiga o’sishi yoki Onixokriptoz haqida – sababi, belgilari, tasnifi, davolash va oldini olish

Tirnoqlar et ichiga o’sishi yoki Onixokriptoz kasalligi tasnifi

Onixokriptoz – bu tirnoq plastinkasining bir qismini tirnoq burmasi to’qimalariga (aniqrog’i, tirnoq chekkasiga) kirib borishi. Ko’pincha, oyoqning katta barmoqlarida et ichiga o’sgan tirnoq topiladi.

Yallig’lanish, shishish, qizarish va og’riqli hislar paydo bo’ladi. Ko’pincha, faqat og’riq shifokorga borishga majbur qiladi, lekin bu holda og’riq chidab bo’lmaydigan bo’lsa yiringlash jarayoni mavjudligini bildiradi. Shu sababli, muammo surunkali holatga aylanadi. Statistik ma’lumotlarga ko’ra, bemorlarning yarmi surunkali onixokriptozga ega.

Et ichiga o’sgan tirnoq sabablari

Tirnoqlar et ichiga o’sishi sabablari har xil va shartli ravishda tashqi omillar va kasalliklarga bo’linadi.

Tashqi sabablari:
Pedikyur qoidalariga rioya qilmaslik. Onixokriptoz rivojlanishining asosiy sababi aynan tirnoq qaychisi bilan ishlay olmaslik va tirnoqlarni kesishda ehtiyotsizlikdir. Tasodifan tirnoq burchagini kesib tashlashingiz mumkin, natijada tirnoqning o’tkir burchagini yoki uchini qoldirishingiz mumkin, teri chetini qaychi bilan shikastlashingiz va tirnoqni juda qisqa qilib kesishingiz mumkin. Bularning barchasi xavfli va aksariyat hollarda tirnoqlar et ichiga o’sishini keltirib chiqaradi.

Oyoqlarning juda ko’p zo’riqishi. Noqulay (sizning o’lchamingizda bo’lmagan) va qattiq poyabzal (shu jumladan tor uchli).

Kasalliklar. Valgusli oyoq kafti va yassi oyoqlar. Ikkinchi barmoqning bosimi va katta barmoq bukilgani tufayli oyoq deformatsiyaga uchraydi.

Homiladorlik va tug’ruqdan keyingi davr. Ayollarda tirnoqlar et ichiga o’sishi ham homiladorlikning kech davrida, ham laktatsiya davrida yoki tug’ruqdan keyingi bir yarim oydan ikki oygacha bo’lgan davrlarda uchraydi.

Tirnoq plastinkasining noto’g’ri oziqlanishi bilan bog’liq kasalliklar. Ular orasida qandli diabet, qon tomirlari va yurak kasalliklari, barcha turdagi endokrin patologiyalar va semirish kasalliklari.

Onkologiyaga qarshi radiatsiya yoki kimyoviy terapiya o’tkazish.

Zamburug’li kasalliklar. Zamburug’ tufayli tirnoq qalinlashadi, oldingi shaklini yo’qotadi va tirnoq oldi to’qimalariga qarab o’sadi.

Tirnoq oldi yumshoq to’qimalari ortiqchaligi. Odatda tug’ma patologiya ko’rinishida bo’ladi.

Barmoqlarning muzlashi yoki mexanik shikastlanishi.

Tirnoqlarning deformatsiyasini qo’zg’atadigan terining kasalliklari – so’gallar yoki psoriaz kasalligi, temratki va boshqalar.

Et ichiga o’sgan tirnoq alomatlari

Tirnoqlar et ichiga o’sishi ya’ni onixokriptozning beshta asosiy belgisi mavjud, ba’zilari to’g’ridan-to’g’ri kasallikning ma’lum bir bosqichi haqida gapiradi:
– Tirnoq yaqinidagi doimiy og’riq, ayniqsa poyafzal kiysangiz va yursangiz og’riq kuchli bo’ladi.
– Qizarish, shishish, og’riqli pulsatsiya va yiringli oqindi. Bu tirnoq go’shtiga infeksiya olib kelinganligining dalilidir.
– Yara. Odatda, ular jarohatlarda yuzaga keladi.
– Xom go’shtga o’xshash tirnoq atrofidagi ortiqcha to’qimalarning o’sishi.
– Plastinkaning deformatsiyasi, uzunligining pasayishi va zichligining oshishi, yiring paydo bo’ladi, yumshoq to’qimalar qattiq bo’ladi. Bularning barchasi surunkali kasallikka xosdir.

Et ichiga o’sgan tirnoq diagnostikasi

Onixokriptozdan shubhalansangiz, oyoq kasalliklari bo’yicha mutaxassis yoki jarroh bilan bog’laning.

Shifokorlar tashxisni iloji boricha aniqroq qilish uchun bir necha oddiy laboratoriya sinovlaridan o’tishingizni so’rashadi. Bu qon testlari:
– Umumiy. Yallig’lanishning qaysi bosqichida ekanligini tushunishga yordam beradi.
– Glyukoza. Qandli diabet mavjudligini istisno qilish.
– Agar sizda zamburug’ bo’lsa, dermatologga murojaat qiling va keng qamrovli davolanish rejimiga rioya qiling. Ba’zida bitta usul yetarli bo’lmaydi. Asoratlar vujudga kelsa qo’shimcha diagnostikasiz davolanishni boshlab bo’lmaydi.
– Jarroh shuningdek oyoqning rentgenogrammasidan o’tishingizni aytadi, uning yordamida suyakda yiringlash bor yoki yo’qligi aniqlanadi va barmoqda suyak o’smasi (osteofit) ko’rinadi.

Agar bolada onixokriptoz bo’lsa

Agar bolangizda onixokriptoz ya’ni et ichiga o’sgan tirnoq aniqlansa ushbu maqolada tavsiflangan uy sharoitida davolanish usullarini sinab ko’rmang, chunki bolalar uchun bunday holat jiddiyroq. Zudlik bilan shifokorga murojaat qilish maqsadga muvofiq bo’ladi.

Et ichiga o’sgan tirnoq – uy sharoitida davolanish

Uyda davolanish faqat onixokriptozning dastlabki bosqichlarida yoki profilaktika maqsadida qo’llaniladi. Onixokriptozni davolash va oldini olish uchun quyidagi shartlarga rioya qiling:
– faqat qulay poyabzal kiyish;
– gigiena qoidalariga rioya qilish;
– tirnoqlarni to’g’ri kesish;
– kuniga ikki marta paypoq almashtirish.

Et ichiga o’sgan tirnoqlardan xalos bo’lish uchun uy sharoitida yettita davolash usuli mavjud. Quyida ularni qisqacha tavsiflab beramiz:
– Steroid bo’lmagan yallig’lanishga qarshi dorilarni qabul qilish
Bu qattiq og’riq paytida ko’rsatiladi. Tabletkalarni suiiste’mol qilmang. Nimesulide, Paratsetamol, Ibuprofen va boshqa preparatlarni qo’llash mumkin.
– Dezinfektsiyalovchi vannalar
Yaxshi ta’sir uchun kuniga ikki yoki to’rt marta muntazam ravishda oyoq vannalarini bajaring. Suvda soda yoki tuz eritiladi. Oyoq vannalari terini yumshatadi va tirnoqni muloyimlik bilan olib tashlashga yordam beradi. Agar o’sgan tirnoqni olib tashlay olsangiz, davolangan joylarni yod bilan artib tashlashni unutmang.
– Dorivor kompresslar
Yallig’lanishni yumshatish uchun mo’ljallangan. Kompress – 10 millilitr Dimeksid, 20 millilitr – suv, 1 millilitr deksametazon va 1 ampula analgindan tayyorlanadi. Eritmada doka tampon namlanadi, barmoqqa qo’yilib, selofan bilan qoplanadi, steril bint bilan boylab ustidan paypoq kiyiladi. Bu kompress bir kecha ushlab turiladi, muolajani uch-to’rt kun davomida bajarish kerak. Agar bu belgilangan vaqt ichida yallig’lanish o’tib ketmasa, shifokorga murojaat qiling.
– Qaynatilgan suv
U xo’ppozda emas, balki faqat kasallik boshlanganda qo’llaniladi. Shishgan, yallig’langan barmoq bir necha soniya davomida juda issiq suvga qo’yilib, qaytib chiqariladi. 10-20 daqiqa davomida muolaja takrorlanadi. Taxminan 20-30 marta qaytarilishi kerak.
– Xlorgeksidin eritmasi
Xlorgeksidin bilan steril bint namlanadi va teri yostiqchasi va tirnoq orasidagi joyga qo’llaniladi. Qurigandan keyin yana antiseptik bilan ishlov beriladi. Tirnoqni bo’shatish uchun har kuni bintni biroz oldinga siljiting.
– Vishnevskiy malhami
Bu malham infeksiyalar uchun qo’llaniladi. Qayin smolasi, kastor yog’i va kseroformdan iborat. Kechasi bandaj ostida qo’llang, ertalab olib tashlang. Agar tirnoq teri yostiqchasi ostidan chiqsa, uni kesib tashlashingiz mumkin.
– Ixtiol moyi
Yallig’lanish, og’riq, bakteriyalar va lo’qqilab og’rishda yordam beradi. Tarkibida ihtammol va vazelin mavjud. Ertalab tirnoqni kesib olish uchun kechasi malhamli bandaj tayyorlanadi.

Onixokriptozni davolash Foto: pinterest.com

Et ichiga o’sgan tirnoq – jarrohlik davolash

1 – Lazerli kuydirish
Odatda, ushbu muolaja, agar tirnoq kutikula darajasida o’sgan bo’lsa qo’llaniladi. Yuqori texnologiyalar barqaror remissiyaga erishishga imkon beradi. Lazer nurlari yordamida tirnoq va o’sish hujayralarining bir qismi kuyib ketadi, granulyatsiya va yallig’langan to’qimalar olib tashlanadi.
2 – Tirnoq plastinkasini yoki ingichka qirrasini rezektsiya qilish
Lokal anesteziya ostida o’tkaziladigan operatsiya. Yiring mavjud bo’lsa, tirnoq plastinkasini butunlay olib tashlash kerak, yangisi to’qson kundan keyin paydo bo’ladi. Texnika uzoq muddatli natija bermaydi, ko’pincha to’rt oydan keyin odamlar yana onixokriptoz belgilariga duch kelishlari mumkin. Kasallik xavfini oldini olish uchun profilaktika choralari ko’riladi: tirnoq go’shti plastinka bilan aloqa qilmasligi uchun terining bir qismi barmoqning lateral yuzasi bo’ylab, qo’shimcha ravishda granulyatsiyalar olib tashlanadi.

Onixokriptoz – Jarrohlikdan keyin nima qilish kerak?

Teriga o’sgan tirnoq rezeksiyasi – bu uzoq vaqt tiklanishni talab qiladigan juda jiddiy operatsiya. To’liq davolanish bir oy ichida sodir bo’ladi va doimiy nazorat talab qilinadi: tirnoq go’shtini infeksiyadan iloji boricha himoya qilish kerak. Shuningdek, quyidagi choralar ko’rilishi kerak:
– Uch-besh kun davomida operatsiya qilingan joy antiseptik vositalar bilan davolanadi, masalan, xlorheksidin yoki antibakterial maljamlar (Gentaksan, Levomekol va boshqalar) ishlatiladi, barmoq steril materiallar bilan bog’lanadi. Avvaliga har kuni, keyinchalik har ikki kunda bunday muolaja amalga oshiriladi.
– Dastlabki kunlarda umuman oyog’ingizni bosmaslik tavsiya etiladi, so’ngra oz-ozdan harakat qiling va zo’riqishdan saqlaning.
– Agar og’riq qattiq bezovta qiladigan bo’lsa, og’riq qoldiruvchi vositalarni qabul qilish mumkin.
– Materiallar oyoq barmoqlari bilan aloqa qilmasligi uchun faqat keng poyabzalga ruxsat beriladi.

Onixokriptozda jarrohlik Foto: nadlen-nail.ru

Et ichiga o’sgan tirnoq asoratlari

Barmoq xo’ppozi – Qizarish va shishli yiringli jarayon.
Barmoq gangrenasi – Qorayish va to’qima o’limi. Jarayon qaytarilmasdir.
Limfadenit – Infeksiya limfa tomirlari orqali qo’shni limfa tugunlariga o’tadi.
Osteomielit – Xo’ppoz ko’payadi. Yallig’lanish suyakka tarqalad.

Et ichiga o’sgan tirnoq profilaktikasi

Avvalo pedikyur asoslarini o’zlashtiring. Qoidalar qiyin emas, asosiylari quyidagilar:
– Tirnoqlarni yumshatish uchun oyoqning iliq vannasidan foydalaning.
– To’g’ri kesib oling, tirnoq yonlrigacha olmang.
– Tirnoqlarning uchlari va qirralarini qayta ishlash uchun yumshoq pilkadan foydalaning, shoshilmang, hamma narsani ehtiyotkorlik bilan va xotirjam bajaring.
– Kerakli miqdordan ko’proq qirqishga urinmang; tirnqning erkin qirrasi ikki-uch millimetr uzunlikda bo’lishi kerak.
– Tirnoq ostidagi kir va ortiqcha terini paxta momig’i yoki doka bilan olib tashlanadi, qaychi bilan emas.
– Shuningdek, pedikyur uchun terini yumshatuvchi, qattiqlashuv jarayonini kamaytiradigan va tirnoqni yonga o’sish xavfini kamaytiradigan maxsus suyuqliklarni sotib olishingiz mumkin.
– Oyoq kiyimlarini kattaligi bo’yicha kiyish va baland poshnalardan saqlanish tavsiya etiladi (maksimal balandlik 4 santimetr). – Patologiyalar bo’lsa, ortopedik mahsulotlardan foydalanish majburiydir. Paypog’ingizni doimo o’zgartiring va oyoqlaringizni muntazam yuving, zamburug’ni o’z vaqtida va to’g’ri davolang.
– Ortiqcha vazn yuk bermasligi uchun ozish ham kerak.

Onixokriptozda pedikyur Foto: vplate.ru

ALHADAYA – Qora sedana yog’i

Qora sedana yog'i alhadaya

Qora sedana 1400 yildan ortiq foydalanish tarixiga ega. 1959 yildan beri o’tkazilgan 200 dan ortiq universitet tadqiqotlari qora ziradan an’anaviy foydalanish samaradorligini ko’rsatadi.

Боғланиш ва тўлиқ маълумот

Тел : +998 99 842 88 86

  Телеграм : @al_hadaya_2

Расмий саҳифа : www.alhadaya.uz

 

29900cookie-checkTirnoqlar et ichiga o’sishi yoki Onixokriptoz haqida – sababi, belgilari, tasnifi, davolash va oldini olish