26.04.2024

Tibbiyot24.uz

Tibbiyot Sayti

Iftorlikda nimalar yeyish kerak ?

Iftorlik paytida oshqozon va butun sezgi organlarimiz hazm qilish va ta’m sezishga shay turadi, shu sababdan bu paytda insonni ta’m sezish organlari karrasiga yaxshi ishlaydi.

Avval ikki dona xurmo va taxminan 300 millilitrgacha iliq yoki uy haroratidagi suv bilan og‘iz ochib olamiz, yoki suvni kamroq ichib, ho‘l mevalardan yeb olib, so‘ngra 10–15 daqiqadan keyin ovqatlanishimiz mumkin. Bu xuddi avtoulovni haydash uchun qizdirib tayyorlashdek, oshqozonimizni ovqat hazm qilishga shay qiladi. Kechki ovqat imkon qadar tez hazm bo‘ladigan va yengil bo‘lishi lozim va albatta, barra salatlar, ko‘katlar bilan birga iste’mol qilinishi kerak. Ovqatlanib bo‘lib, taxminan 1 soatdan so‘ng yaxna ichimliklar, shirinliklar va boshqa shirin mevalardan iste’mol qilishimiz mumkin.

Kechasi yotishdan bir soat oldin, qatiq, tarvuz va boshqa tez hazm bo‘ladigan meva va sabzavotlardan yeb olib, so‘ngra uxlashimiz mumkin.

65200cookie-checkIftorlikda nimalar yeyish kerak ?