04.05.2024

Tibbiyot24.uz

Tibbiyot Sayti

Sitron yunior sirop

QOʻLLASH BOʻYICHA YOʻRIQNOMA

SITRON YUNIOR SIROP

SIRUPUS CITRON YUNIOR

 Цитрон юниор сирор

Preparatning savdo nomi: Sitron Yunior sirop

Taʼsir etuvchi moddalar (XPN): Paratsetamol, gvayfenezin, fenilefrin gidroxloridi.

Dori shakli: Sirop

Tarkibi:

Xar bir 5 ml sirop quyidagilarni saqlaydi:

Taʼsir etuvchi moddalar: Paratsetamol – 125 mg; gvayfenezin – 50 mg; fenilefrin gidroxloridi – 2,5 mg.

Yordamchi moddalar: glitserin, sorbitol, natriya benzoat, natriy saxarin, limon kislotasi, propilenglikol, “Sansut Yellow” (E110) boʻyovchisi.

Taʼrifi: Toʻq sariq-pushti rangdan sariq ranggacha boʻlgan oʻziga xos hidli siropsimon suyuqlik.

Farmakoterapevtik guruhi: Analgetik-antipiretiklar.

Farmakologik hususiyatlari

Majmuaviy preparat, taʼsiri uni tashkil qiluvchi komponentlarining farmakologik xususiyatlariga bogʻliq.

Paratsetamol – asosan markaziy nerv tizimida prostaglandinlar sintezini tormozlash va kam darajada ogʻriq impulslarni hosil boʻlishini bloklash orqali ogʻriq qoldiruvchi va isitma tushiruvchi taʼsir koʻrsatadi.

Periferik taʼsiri shuningdek prostaglandinlar sintezini tormozlashi yoki ogʻriq retseptorlarini mexanik yoki kimyoviy ragʻbatlantirilishiga sezgirligi yuzasidan javobgar boʻlgan boshqa substansiyalarning sintezini yoki taʼsirini susayishi bilan bogʻliq boʻlishi mumkin.

Gvayfenezin – balgʻam koʻchiruvchi vositadir, balgʻamning sirt taranglik faolligini va adgeziv xususiyatini kamaytiradi, bu uni qovushqoqligini kamaytiradi va nafas yoʻllaridan chiqarilishini (evakuatsiyasini) yengillashtiradi.

Fenilefrin gidroxloridi – qon tomirlarini toraytiruvchi vosita, burun bitishini yoʻqotadi (burun shilliq qavati va burun atrofi yoʻllarining tomirlarini toraytiradi) va nafasni yengillashtiradi.

 

Farmakokinetikasi

Paratsetamol – meʼda-ichak yoʻllaridan tez soʻriladi. 500 mg dozada ichga qabul qilinganidan keyin 10-60 minutdan soʻng maksimal konsentratsiyasiga (Cmax) erishiladi. Qon plazmasi oqsillari bilan bogʻlanishi 10% dan kamni tashkil kiladi. Jigarda metabolizmga uchraydi va yarim chiqarilish davri (T1/2) 1-3 soatni tashkil qiladi. Siydik bilan, asosan glyukuron kislotasi va sulfatlar bilan konʼyugatlari koʻrinishida chiqariladi.

Gvayfenezin – ichga qabul qilinganidan keyin tez soʻriladi, 3-(2metoksi-fenoksi) sut kislotasigacha oksidlanib, tez metabolizmga uchraydi va siydik bilan chiqariladi.

Fenilefrin gidroxloridi – meʼda-ichak yoʻllarida doimiy boʻlmagan tezlikda soʻriladi, ichakda va jigarda monoaminooksidaza (MAO) ishtirokida metabolizmga uchraydi. Siydik bilan sulfat konʼyugatlari koʻrinishida chiqariladi.

Qoʻllanilishi

Preparat gripp va shamollashning koʻrinishlarini (bosh ogʻrigʻi, isitma, mushaklar va boʻgʻimlardagi ogʻriq, burun bitishi, aksirish va nam yoʻtal kabilarni) simptomatik davolash uchun qoʻllanadi.

Qoʻllash usuli va dozalari

Preparat ichga qabul qilinadi. Kattalarga (shu jumladan keksalar) va 12 yoshdan oshgan bolalarga siropni 20 ml dan kuniga 3-4 marta, 6-12 yoshli bolalarga 10 ml dan kuniga 3-4 marta, 2-6 yoshlilarga 5 ml dan kuniga 3-4 marta, 2 yoshdan kichiklarga esa faqat shifokorning koʻrsatmasi boʻyicha buyuriladi.

Nojoʻya taʼsirlari

Preparat tavsiya qilingan dozalarda odatda yaxshi oʻzlashtiriladi. Ammo baʼzida teri toshmasi, qorin sohasida ogʻriqlar, diareya, arterial bosimning oshishi, bosh aylanishi va boshqa allergik reaksiyalar paydo boʻlishi mumkin.

 

Qoʻllash mumkin boʻmagan holatlar

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik, yurak va qalqonsimon bezi kasalliklari, diabet, surunkali alkogolizm, jigar va buyrak faoliyatini buzilishi, monoaminooksidaza (MAO) ingibitorlarini, tritsiklik antidepressantlarni va paratsetamol saqlagan preparatlarni bir vaqtda qoʻllash, homiladorlik va laktatsiya davrida qoʻllash mumkin emas.

 

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

Antatsidlarni qabul qilish yoki ovqat isteʼmol qilish paratsetamolni soʻrilishini sekinlashtirishi mumkin. Preparatni simetidin, fenotiazin bilan birga ehtiyotkorlik bilan qoʻllash va MAO ingibitorlari va tritsiklik antidepressantlar bilan bir vaqtda qabul qilishdan saqlanish kerak.

Maxsus koʻrsatmalar

Preparatni homiladorlik va laktatsiya davrida qabul qilish mumkin emas.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati oʻtganidan keyin ishlatilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Kattalarda zaharli taʼsiri preparat tarkibida paratsetamolni 10-15 g dan koʻp qabul qilganda boʻlishi mumkin:

Simptomlari (paratsetamol bilan bogʻliq boʻlgan): teri qoplamalarini oqarishi, ishtahani pasayishi, koʻngil aynishi, qusish; gepatonekroz (zaxarlanish oqibatidagi nekrozning yaqqolligi bevosita dozani oshirib yuborish darajasiga bogʻliq), “jigar” transaminazalari faolligini oshishi, protrombin vaqtini (qabul qilishdan 12-48 soatdan keyin) uzayishi, jigarni shikastlanishini keng “klinik” manzarasi 1-6 kundan keyin namoyon boʻladi. Kam: jigar yetishmovchiligi yashin tezligida rivojlanadi va buyrak yetishmovchiligi (tubulyar nekroz) bilan asoratlanishi mumkin.

Davolash: doza oshirib yuborilgandan keyingi birinchi 6 soatda – meʼdani yuvish, SH-guruhi donatorlarini va glutation – metionin sintezi oʻtmishdoshlarini doza oshirib yuborilganidan 8-9 soatdan keyin va N-atsetilsisteinni 12 soatdan keyin yuborish. Qoʻshimcha terapevtik choralarni oʻtkazish zarurati (keyinchalik metionin, N-atsetilsisteinni vena ichiga (v/i) ga yuborish) paratsetamolning qondagi konsentratsiyasiga, shuningdek uni qabul qilgandan keyin oʻtgan vaqtga qarab aniqlanadi.

 

 

Chiqarilish shakli

Sirop 50, 60, 90 va 100 ml dan flakonlarda.

 

Saqlash sharoiti

Quruq, yorugʻlikdan himoyalangan joyda, 250S dan yuqori boʻlmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Retseptsiz

 

19400cookie-checkSitron yunior sirop